Vefa Kilise masjidi
Vefa Kilise masjidi (turkcha: Vefa Kilise Camii) – Istanbulda joylashgan Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi. Ushbu binoning Agios Teodorga (yunoncha: Ἅγιος Θεόδωρος ἑν τὰ Καρβουνάρια) bagʻishlab bunyod etilgan boʻlishi haqida taxminlar mavjud. Vefa Kilise masjidi Konstantinopolning Komninlar va Paleologlar davri arxitekturasining eng muhim namunalaridan biri hisoblanadi.
Manzili
Masjid Istanbul shahri, Fotih tumani, Vefa mahallasida joylashgan boʻlib, Vefa shahridagi Vizantiya meʼmorchiligi asosida yaratilgan boshqa bir inshootdan deyarli bir kilometr shimoli-gʻarbda (Kanderhane masjidi), Sulaymoniya masjididan bir necha yuz metr janubda joylashgan.
Tarixi
Konstantinopolning uchinchi tepaligi janubiy yonbagʻrida joylashgan masjidning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Masjid joylashgan hududdan V asrga oid binolar qoldiqlari topilgan. Toʻrtinchi salib yurishidan keyin Konstantinopol ustidan lotinlar hukmronligi davrida binodan Rim-katolik cherkovi sifatida foydalanilgan.
Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olganidan koʻp oʻtmay, Sulton Mehmed II Fotihning ustozi, mashhur kurd olimi, shayxulislom Molla Gürani tomonidan cherkov masjidga aylantirilgan, shuningdek, yodgorlikka uning nomi berilgan. XIX asrda turli ofatlar natijasida masjid katta zarar koʻrgan, 1833-yilgi yongʻin natijasida bino atrofi vayron boʻlgan. 1848-yilga kelib majmua qayta tiklangan. 1937-yilda bino qisman restavratsiya qilingan va bir qancha saqlanib qolingan mozaikalari topilgan. Yana bir restavratsiya 2017-yilda boshlanib, 2021-yilda yakunlangan.
Arxitektura va dekoratsiyasi
Tarixiy ahamiyatiga qaramay masjid hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmagan. Bino har bir tomoni toʻqqiz metr uzunlikdagi kvadrat shaklida bunyod etilgan. Eski Imaret masjidi kabi Konstantinopoldagi Komninlar davri meʼmorchiligining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi.
Majmuaning gʻarbiy qismida eksonarteks, janubida ark va bir nechta ustunlarga ega ayvon, shimoliy qismida esa koridor mavjud.
Vefa Kilise masjidi eksonarteksini yaratishda Fethiye va Kariye masjidlaridagi kabi Paleologlar meʼmorchilik arxitektura sanʼatining oʻziga xos uslublaridan foydalanilgan.
Eksonarteks uchta gumbaz bilan oʻralgan boʻlib, ichki qismiga bir qancha bezaklar bilan ishlov berilgan. Uchta gumbazning barchasiga mozaik tasvirlar tushirilgan. Cherkovning ichki qismi shu davrga qadar biror marta ham suvoqdan tozalanmagan.
Cherkovning janubiy va gʻarbiy qismida joylashgan ikkita juda katta yerosti sardobalari Vizantiya imperiyasi davrida bu yerda monastir boʻlganligiga ishora qiladi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- cherkov, Masjid
- Qurilgan
- XI asr
- Me’moriy uslub
- Byzantine architecture
- Material
- Gʻisht, stone
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Vefa Kilise masjidi (uz.wikipedia.org), 6-avgust, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
