Moʻmina xotun maqbarasi
Moʻmina xotun maqbarasi -Naxichevan (Ozarbayjon)dagi meʼmoriy yodgorlik (1186). Osiyo davlatidagi ildegizlar otabegi Muhammad Jahon Pahlavon rafiqasiga atab kurdirgan. Meʼmori Ajamip. Tarhi aylana, 10 qirrali, minora shaklida, diametri 14 m ga yaqin, balandligi 25 m. Tashqi kulohiy gumbazi (10 qirrali) saqlanmagan. Faxriddin Roziy maqbarasi, Qaldirgʻochbiy maqbarasi gumbazlariga xos uslubda qurilgan. Maxrbatli shakl mutanosibligi va meʼmoriy bezagi serhashamligi bilan ajralib turadi. Devor qirralari va sharafasi, yassi ravoqlari handasiy va islimiy naqshlar, kufiy yozuvi, feruza koshin va sirlanmagan gʻishtlar bilan bezatilgan. Ravoqlar tepasidagi aylana yozuvda qurilgan yili va meʼmor nomi saqlangan. Yer-toʻla markaziga tayanch ustuni oʻrnatilgan boʻlib, ravoqlari oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. 2 sagʻana birinketin joylashgan. Moʻmina xotun maqbarasim.ning bezak va nisbat goʻzalligi, mahobatli shakli Naxichevan meʼmorlik maktabida yaratilgan oʻziga xos xususiyatdir.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- historic site, Mavzoley, tomb
- Qurilgan
- 1186-yil
- Me’mor
- Ajamiy ibn Abubakr
- Me’moriy uslub
- Architectural school of Nakhchivan, Seljuk architecture
- Balandligi
- 25 m
- Tarkibiy qismi
- Mausoleums of Nakhichevan
- Nomi kimdan/nimadan
- Mu'mine Khatun
- Meros maqomi
- part of UNESCO World Heritage Site, cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Moʻmina xotun maqbarasi (uz.wikipedia.org), 8-oktabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)


