Müftü masjidi

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

Müftü masjidi (turkcha: Müftü Camisi) – Turkiyaning Mersin shahridagi tarixiy masjid.

Masjid Efrenk daryosining sharqiy qismida joylashgan, ushbu daryo masjidga ishora qilib Muftü daryosi deb ham ataladi. Masjid 1884-yilda Müftü Emin tomonidan topshirilgan. Müftü (Muftiy) islom olimi boʻlib, shariat va fiqh boʻyicha sharh va talqin beruvchi huquqshunosdir. Muftiy fatvo berish huquqiga ega hisoblanadi. Dastlab masjidning shimoli-sharqida madrasa ham boʻlgan. Keyinchalik asosiy binoning gʻarbiy tomonida Qur’on kursi binosi qurilgan.

Masjidning qurilish rejasi kvadrat shaklda boʻlib, toshdan qurilgan, tomi esa yogʻochdan yasalgan. Hovliga olib boradigan asosiy portal sharqiy qismda joylashgan, shimol tarafda 2 ta yordamchi eshik bor. Shimoldashodirvon, shimoli-gʻarbiy tarafda esa minora joylashgan. Binoning sharq tomonidagi qabristonda Muftü Emin, uning xotini va oʻgʻliga tegishli uchta qabr mavjud.

Ushbu madrasa hozir mavjud emas, asl binoning bir qismi yoʻqolib ketgan. Masjid va Qur’on kursi binosi 2007-yilda Vaqflar Bosh boshqarmasi tomonidan restavratsiya qilingan. Hozir Qur’on kursi binosi muftiy idorasi sifatida foydalanilmoqda.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Joylashgan hudud
O'rta Yer dengizi mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 36.788333, 34.615833Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Müftü masjidi (uz.wikipedia.org), 23-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.