Muğdat masjidi

Vassia Atanassova - Spiritia · CC BY-SA 4.0

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 3.0

Vassia Atanassova - Spiritia · CC BY-SA 4.0

Muğdat masjidi (turkcha: Muğdat Camii) – Turkiyaning Mersin shahridagi masjid. Ilk musulmonlardan biri Miqdod ibn Asvad sharafiga nomlangan.

Hudud geografiyasi

Masjid 1980-yillarda Mersinning Yenişehir tumanida qurilgan. Mahallaning rasmiy nomi Gazi boʻlsa-da, odatda, masjid nomidan kelib chiqib Muğdat deb ataladi. Masjid Mersin arxeologiya muzeyi va Mersin dengiz muzeyining shimolida joylashgan. Oʻrta yer dengizi qirgʻogʻigacha boʻlgan masofa taxminan 300 metr (980 ft). Masjidning umumiy maydoni hovli bilan birga 7900 m², binoning asosiy maydoni 3070 m².

Bino

Masjid 5500 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan boʻlib, Mersindagi eng katta masjid va Turkiyaning Respublika davrida qurilgan uchinchi masjid hisoblanadi. Shuningdek, Turkiyadagi olti minorali uchta masjiddan biri hamdir (aslida masjid toʻrtta minorali boʻlgan, keyingi ikkitasi yaqinda qoʻshilgan). Minoralarning balandligi 81 metr (266 ft). Har bir minorada uchta balkon (turkcha: şerefe) bor.

Muğdat masjidi anʼanaviy Usmoniylar meʼmorchiligi asosida yaratilgan majmuadir. Masjidda, shuningdek, anjumanlar zali, kutubxona, mehmonlar xonasi, taʼziya xonasi va sogʻlomlashtirish markazi mavjud. Binoning podvalida supermarket joylashgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1998-yil
Sig‘imi
5 500

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 36.782531, 34.601335Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Muğdat masjidi (uz.wikipedia.org), 25-aprel, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.