Murat posho masjidi (Istanbul)

R Prazeres · CC BY-SA 4.0

R Prazeres · CC BY-SA 4.0

R Prazeres · CC BY-SA 4.0

Istanbul Murat Posho masjidi - Istanbulning Fatih tumanidagi Yusufpasha qismida Millet koʻchasi va Vatan koʻchasi kesishmasida Aksaray maydonida joylashgan masjiddir.

U 1465-1471 – yillarda Xos Murod Posho tomonidan qurilgan. Bu Bursa Okulu|Bursa maktabi uslubida qurilgan. Devorlari tosh va gʻishtdan tarkib topgan.

Aslida, bu bu majmua kulliya vazifasini bajaradi. Biroq, hozirgi kungacha faqat masjid va uning xayriya qismi saqlanib qolgan. Masjidlar tuzilish rejasi doirasida qurilgan bino hisoblanadi..Bu teskari T harfi shaklida insho etilgan bino sanaladi.

Masjid – ulkan ravoqli, jamoat namoz yeriga ega, 2 gumbazli ijtimoiy majmua.

Masjidning oʻng va chap tarafidada mehrob bor. Fasadda ikki qator tartibda derazalar mavjud. Yuqori oynalar yumaloq boʻlib, tashqariga ochilmaydi. Pastki derazalar toʻrtburchak shaklda boʻlib, tashqariga ochiladi.

Ustunlar turli balandliklarda va turli materiallardan tayyorlangan. Jamoat namoz yeri oldida ikkita kichik mehrob bor. Sahni marmardan qilingan. Derazalarida mozaikalar ishlatilmagan. Muqarnas marjon bezaklari bilan bezatilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Qurilgan
1471-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
Gʻisht
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.010266, 28.949001Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Murat posho masjidi (Istanbul) (uz.wikipedia.org), 15-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.