Murtuza Muxtorov masjidi

Interfase · CC BY-SA 3.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Murtuza Muxtorov masjidi (ozarbayjoncha: Murtuza Muxtarov məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan masjid.

Tarixi

Murtuza Muxtorov masjidining qurilish ishlari 1901-yilda mahalliy aholi tomonidan boshlangan. Materiallar tanqisligi tufayli qurilish qurilish toʻxtab qoladi va mahalliy aholi masjid qurilishini davom ettirish maqsadida Murtuza Muxtorovdan moddiy yordam soʻraydi.

Murtuza Muxtorov bir qancha meʼmorlarni (jumladan, bosh meʼmor Ziver-bey Axmedbekov) yollab, qurilish xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi.

Masjid qurilishi ishlari 8 yil davom etadi va 1908-yilda toʻliq yakunlanadi.

Murtuza Muxtorov masjididan Sovet Ittifoqi davrida toʻquv ustaxonasi sifatida foydalanilgan. 1985—1989-yillarda binodan Sattor Bahlulzoda asarlari koʻrgazmasi zali sifatida ishlatilgan. 1989-yildan buyon esa masjid sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Murtuza Muxtorov masjidga alohida sovgʻa sifatida arab xattotligi boʻyicha tilla bilan bitilgan Qur’on kitobini tuhfa qiladi. Ushbu kitobning ogʻirligi 25 kilogrammni tashkil etadi.

Murtuza Muxtorov masjidi 47 metr balandlikka ega boʻlgan ikkita minoradan iborat. Ularning har biri 140 ta qadamdan iborat. Masjidda, shuningdek, ayollar uchun ham alohida namozxonasi mavjud. Murtuza Muxtorovning qabri ham masjid hovlisida joylashgan. Masjidning oʻng va chap tomoniga arab harflari bilan „Paygʻambarlarga salom“ yozuvi tushirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1901-yil
Me’mor
Zivar bay Ahmadbayov
Me’moriy uslub
Gotika
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.421998, 49.985341Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Murtuza Muxtorov masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.