Yangi masjid, Istanbul

Jorge Franganillo · CC BY 2.0

Cornelius Gurlitt (1850-1938) · Public domain

Diego Delso · CC BY-SA 4.0

Yangi masjid (turkcha: Yeni Cami, asli nomi Volidai Sulton masjidi, turkcha: Valide Sultan Camii) va keyinchalik Yangi Volidai Sulton masjidi (turkcha: Yeni Valide Sultan Camii) – 1660–1665-yillar mobaynida qisman rekonstruksiya qilingan va qurib bitkazilgan masjid.

Turkiyaning Istanbul shahrining Eminönü kvartalida joylashgan Usmoniylar imperiyasi davrida bunyod etilgan. U Oltin shohda, Galata koʻprigining janubiy uchida joylashgan. Masjid Usmonli Imperiyasidagi Ayollar saltanati davrining namunasidir.

Masjid qurilishi 1597-yilda boshlangan. Bino sulton Murod IIIning rafiqasi Safiya Sulton homiyligi asosida qurilish ishlari boshlangan. Safiya Sulton 1595-yilda Mehmed III taxtga oʻtirganidan soʻng ikki yil oʻtib, Volidai Sulton sifatida qurilish ishlarini boshlagan va shu sababli masjid nomi „Volidai Sulton masjidi“ deb nomlangan.

1603-yildan soʻng qisman qurilgan inshoot asta-sekin xarobaga aylangan va 1660-yilgi Buyuk Istanbul yongʻini paytida jiddiy zarar koʻrgan, shahardagi koʻplab mahallalar vayron boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building, kulliya
Qurilgan
1597-yil
Me’mor
Mimar Davud Ağa
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
dimension stone
Tarkibiy qismi
Historic Areas of Istanbul
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.016875, 28.972141Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yangi masjid (Istanbul) (uz.wikipedia.org), 23-noyabr, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.