Rüstem posho masjidi

Cornelius Gurlitt (1850-1938) · Public domain

Cornelius Gurlitt (1850-1938) · Public domain

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Rustam posho masjidi (turkcha: Rüstem Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Tahtakale mahallasi, Misr bozori yaqinida joylashgan Usmonli masjidi. Sulton Sulaymon I davrida Usmonli imperiyasining bosh vaziri boʻlgan Rustam posho nomi bilan ataladigan ushbu bino Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan va taxminan 1563-yilda qurib bitkazilgan.

Rustam posho

Rustam posho masjidi Usmonli imperatori meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan sadr vazir Rüstem Posho uchun loyihalashtirilgan. Rüstem posho, Sulaymon I va Hürrem Sultonning qizi Mihrimah Sultonning turmush oʻrtogʻi boʻlib, 1544—1553 va 1555—1561-yillarda sadr vazir (Yevropada bosh vazirga oʻxshash lavozim) boʻlib xizmat qilgan.

Rustam posho mamlakatda bir qator muhim binolarni, jumladan, diniy maktablar, masjidlar va boshqa inshootlarni qurdirib, foydalanishga topshirgan. 1561-yilda posho oʻlimidan oldin Istanbulda oʻzining soʻnggi masjidini qurdirishni istagan.

Sulaymon I vazir Rustam poshoning vafotidan keyin masjid loyihasini Usmonlilarning bosh meʼmori Mimar Sinonga topshirgan. Rustam posho masjidi Sinonning koʻplab masjidlari orasida o'zining dabdabali bezatilganligi, koshinli ichki koʻrinishi bilan boshqa masjidlar orasida eng yaxshisi hisoblanadi. Masjid qurilishida foydalanilgan Iznik koshinlar Rustam posho tomonidan nafis gul naqshlarini ishlash bilan mashhur boʻlgan saroy dizayneri Kara Meminga buyurtma qilingan boʻlishi mumkin.

Tarixi

Bugungi kunga qadar Rustam posho masjidini oʻrganish yoʻlida qilingan saʼy-harakatlar masjidga oid hujjatlarning yetishmasligi yoki vaqf hujjatining yoʻqligi sabab samarasiz yakunlangan. Michael D. Willisning Iznik koshinlarni oʻrganish davomida olingan tahlillari koshinlar 1555-yilga tegishli ekanligini ko'rsatadi. Boshqa manbalarga koʻra, koshinlarning baʼzilari 1561-yilda Rustam posho vafotidan keyin ishlangan boʻlishi ham mumkin. Leslie Meral Schick tomonidan keltirilgan birlamchi manbalarning soʻnggi tahlillari masjid 1561—1563-yillarda qurilganligini koʻrsatadi. Binoning qurilishi rejasi 1561-yilga, yer sotib olish boʻyicha hujjatlar esa 1562-yilga toʻgʻri keladi.

Masjiddan foydalanish

Rustam posho masjidi dastlab juma masjidi sifatida ishlab chiqilgan boʻlib, bu maʼlumot Sulaymon I ning fermanida (uning masjid qurilishiga buyruq bergan imperator buyrugʻi) qayd etilgan. Kino sanoatida yaqin kunlarda ishlab chiqilgan filmlardan birida ham aynan shu maʼlumotdan foydalanilgan. 2021-yilda olib borilgan keng qamrovli restavratsiyadan soʻng Rustam posho masjidi musulmonlarning namozni ado etishlari uchun yana qayta ochib qoʻyildi.

Tashqi koʻrinishi

Masjid baland ayvonda, gumbazli doʻkonlar majmuasi ustida qurilgan boʻlib, ularning ijara haqi masjid majmuasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Burchaklardagi tor, burilishli ichki zinapoyalar keng hovliga kirish imkonini beradi.

Ichki koʻrinishi

Binoning ichki qismida galereyalar mavjud boʻlib, ular shimoliy va janubiy qismdagi ustunlar hamda ularning orasida joylashgan kichik marmar tayanchlar bilan mustahkamlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Jome masjid, Masjid, historic building
Qurilgan
1561-yil
Me’mor
Xoʻja sinon
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
Granit
Balandligi
22,8 m
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Damat Rustam posho

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.017591, 28.968748Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Rustam posho masjidi (uz.wikipedia.org), 7-avgust, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.