Niso

flydime · CC BY 2.0

Bjørn Christian Tørrissen · CC BY-SA 4.0

Bjørn Christian Tørrissen · CC BY-SA 4.0

Niso — antik va oʻrta asr shahar xarobasi; kad. Parfiya davlatining poytaxti (miloddan avvalgi 3—milodiy III asrlar). Ashxoboddan 18 km shim.-gʻarbda joylashgan. N. ikkita tepalik (Yangi Niso, maydoni 18 ga va Eski Niso, maydoni 14 ga)dan iborat. 1946—60 yillarda N.da professor M. Ye. Masson tomonidan arxeologik kazish-malar olib borilgan. Natijada juda boy va xilma-xil arxeologik materiallar topilgan. Ular orasidagi sopolga bitilgan yozuvlardan birida Eski Niso tepaligi qadimda Mixridatkirt deb atalgani maʼlum boʻldi. Yangi Niso tepaligi esa antik davrda Parfiya podsholigining poytaxti boʻlgan. N.dan ibodatxona qoldigʻi, sopol haykalli hashamatli zal, podsho xazinasi va monumental uy-joy qoldiklari ochilgan. Xonalardan biri toʻrtburchakli sanʼat koshonasi boʻlib, u ellinizm anʼanalari asosida qurilgan. Miloddan avvalgi 3— 1 -asrlarga oid bu zaldan Parfiya madaniyatiga oid marmar haykal, fil suyagiga jilo berib ishlangan qadah (riton)lar va boshqa buyumlar topilgan. N.dagi xoʻjalik arxividan Parfiya podsholigining miloddan avvalgi I asrga oid iqtisodiy va maʼmuriy tuzumini jahonga maʼlum qiluvchi sopol parchalariga bitilgan 200 ta hujjat, shuningdek, harbiy qurollar va bezak buyumlar, terrakota va metaldan ishlangan mayda haykalchalar, turli jihoz va boshqa topilgan. Oʻrta ayerlarda N. Xurosonning muhim markazi boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
aholi punkti, archaeological site, ancient city
Maydoni
77,91 gektar, 400,3 gektar
Tarkibiy qismi
list of World Heritage Sites in Northern and Central Asia
Meros maqomi
Jahon merosi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.951147, 58.212408Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Niso (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.