Turkmanboshi Ruhi masjidi

tatarstan.ru · CC BY 4.0

tatarstan.ru · CC BY 4.0

English: Central Bank of Turkmenistan Русский: Центральный банк Туркменистана Türkmençe: Türkmenistanyň Merkezi banky 中文: 土库曼斯坦中央银行 · Public domain

Turkmanboshi Ruhi Masjidi (turkmancha: Türkmenbaşy Ruhy Metjidi) yoki Gupjak masjidi – Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid. Turkmaniston poytaxti Ashxobod yaqinidagi Gupjak (yoki Qipchoq) qishlogʻida joylashgan. Mamlakatning birinchi Prezidenti Saparmurod Niyozov tashabbusi bilan qurilgan.

Masjid mamlakat poytaxti Ashxoboddan taxminan 7 kilometr (4.3 mi) gʻarbda, M37 avtomagistrali boʻyida joylashgan.

Koʻrinishi

Fransiyaning Bouygues kompaniyasi tomonidan qurilgan masjid prezident Saparmurat Niyozovning ona shahrida qurilgan. U 2004-yil 22-oktyabrda ochilgan va Niyozov tomonidan maqbara siftida barpo etilgan. Niyozov ikki yil oʻtib vafot etadi va 2006-yil 24-dekabrda shu maqbaraga dafn qilindi.

Masjid qurib bitkazilgach koʻplab munozaralar markazida boʻldi, chunki devorlarga ham Qurʼon, ham Ruhnoma (Ruh kitobi) – Niyozovning „hayotning soxta maʼnaviy qoʻllanmasi“ dan bitiklar yozilgan. „Ruhnoma“ Qur’onga tenglashtirilgani koʻplab musulmonlarni gʻazablantirdi. Darhaqiqat, 10 000 nafar namozxonni sigʻdira olishiga qaramay, masjid koʻpincha boʻsh holatda boʻladi, chunki „Ruhnoma“ yozuvlari dindor masjidchilar tomonidan kufr deb hisoblanadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, Mavzoley
Qurilgan
2004-yil 22-oktabr, 2004-yil 1-oktabr
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi
Material
Marmar
Balandligi
91 m
Maydoni
7 000 m²

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.017778, 58.252778Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Turkmanboshi Ruhi masjidi (uz.wikipedia.org), 23-mart, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.