Oʻtror
Oʻtror, Turarband, Tarband, Oʻtrortepa (qozoqcha: Otyrar) — qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi I asr – milodiy XVI asr). Janubiy Qozogʻistondagi Aris daryosining Sirdaryoga quyilish joyida. Oʻ. 3 qism (ark, shahriston, rabod)dan iborat boʻlib, burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan. Oʻ.dan koʻchalar, hammom, turar joy binolari qoldiqlari, uyroʻzgʻor, zargarlik buyumlari, kamon oʻqlari va boshqalar topilgan. Moʻgʻullar istilosiga qadar Xorazmshohlar davlatining savdo va hunarmandchilik shaharlaridan biri boʻlgan.
Oʻtrormudofaasidan soʻng moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. Oq Oʻrda xonlari uni XIV asr da tiklaganlar. Bu davrda masjid, madrasa, xonaqoh qurilgan. Amir Temur va temuriylar davrida muhim harbiy shahar, qalʼa boʻlgan. Bu davrda Yevropadan Osiyoga boradigan yangi savdo yoʻli vujudga kelgan; u Volga sohillaridan Uraldagi Saroychik shahri orqali Koʻhna Urganch, Oʻ. va Olmaliqqa borgan. Bu yoʻldan musulmon savdogarlari ham, yevropalik tijoratchilar ham foydalanishgan. Oʻ.dan koʻplab allomalar yetishib chiqqan; shahar obodligi, chiroyi bilan nom chiqargan. XVI asrdagi oʻzaro ichki nizolar paytida huvillab qolgan.1991-yilga kelib esa Oʻtror ochiq osmon ostidagi muzey deb ataladi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- shahar, archaeological site, ruins, ancient city
- Muhim voqea
- Oʻtror mudofaasi
- Dengiz sathidan
- 506 m
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Oʻtror (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

