Ozan masjidi

Urmen19 · CC BY-SA 4.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Urmen19 · CC BY-SA 4.0

Ozan masjidi (ozarbayjoncha: Ozan Məscidi; arabcha: مسجد أوزان (كنجه)‎‎) – Ozarbayjonning Ganja shahrida joylashgan masjid va tarixiy meʼmoriy yodgorlik.

1884-yilda qurilgan ushbu masjid 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Umumiy maʼlumot

Ozan masjidi 1884-yilda Ganja shahridagi Ozan mahallasi aholisi mablagʻi hisobidan qurilgan. Biroq kirish qismidagi arka ustidagi yozuvda qurilish yili 1786-yil deb koʻrsatilgan. Binoning umumiy maydoni 358 m2 (3,850 kv ft), foydalanish mumkin boʻlgan maydoni esa 224 m2 (2,410 kv ft)ni tashkil etadi. Masjidning asosiy qismi gumbaz bilan yopilgan kvadrat shakldagi namozxonadan iborat boʻlib, uning ikki yonida yordamchi xonalar joylashgan.

1907-yilda chop etilgan „Molla Nasreddin“ jurnalining 12-sonida Ozan mahallasi aholisi koʻmagida 1906-yilda masjidning taʼmiri uchun 2000 manat yigʻilgani xabar qilingan. 1920-yilda Ganja qoʻzgʻoloni vaqtida shaharni qamal qilgan bolsheviklarning toʻp oʻqi masjidning bir qismini vayron qilgan. Qoʻzgʻolon bostirilishi chogʻida masjiddan panoh topgan aholi ham binoda tiriklayin yoqib yuborilgan. Ganjalik harbiy uchuvchi va muhojir Mammad Altunbay ushbu voqealarning shaxsan guvohi boʻlgan va 1989-yilda Anqarada nashr qilingan kitobida ular haqida yozgan. U oʻz kitobida shunday deydi:

Ozan masjidining markazida olovdan qiyshayib qolgan yuzlab odamlarning kuygani dahshatli manzara yaratgan... Tiriklayin yoqib yuborilgan begunoh insonlarning qoni va yog‘i kuydirilgan eshik ostidan oqib chiqardi. Murdalarning orasida ayrim yuzlar, qo‘llar, oyoqlar va to‘liq kuyib ketmagan, ammo qorayib ketgan soch o‘rimlari tragediyaning dahshatini yanada oshirardi. Ko‘chaning narigi tomonida esa besh-olti nafar arman akkordeonda qo‘shiq chalib o‘tirar edi.

Ozarbayjonga Sovet istilosidan soʻng, 1928-yilda dinga qarshi rasmiy harakat boshlandi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjid, cherkov va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda klublar tarkibiga oʻtkazdi. 1917-yilda mamlakatda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda bu koʻrsatkich 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta, 1933-yilda esa atigi 17 taga tushib qolgan. Shu davrda Ozan masjidi ham yopilgan. Binodan dastlab koʻzi ojizlar ustaxonasi, keyinroq oziq-ovqat doʻkoni sifatida foydalanilgan. 1979-yilda masjid binosi restavratsiya qilindi. Uning ichki devorlariga rassom Rustam Huseynquliyev tomonidan naqshlar chizilgan. Binoda Nizomiy yodgorlik muzeyi va kitob doʻkoni faoliyat yuritgan.

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, 2001-yil 2-avgustda masjid yana Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi.

Hozirda masjid binosida kutubxona faoliyat yuritadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1884-yil
Me’moriy uslub
Arran architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.671667, 46.348889Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ozan masjidi (uz.wikipedia.org), 3-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.