Pertev posho masjidi
Pertev Mehmet posho masjidi (turkcha: Pertev Paşa Camii), shuningdek, Yeni Cuma masjidi (soʻzma-soʻz tarjimasi — „Yangi jome masjid“) – Turkiyaning Kocaeli viloyati, Izmit shahrida joylashgan masjid.
Tarixi
Masjid saroy meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan va XVI asrda Usmoniylar meʼmorchiligi asosida qurilgan. Bino sulton Sulaymon I va Salim II davrida Usmoniylar vaziri Pertev Mehmed posho uchun bunyod etilgan. Qurilish ishlari 1579-yilda yakuniga yetgan.
Masjid madrasa, hammom, karvonsaroy, favvora va boshlangʻich maktabni oʻz ichiga olgan kattaroq külliye (majmua)ning bir qismi hisoblanadi. Gumbazi 1 ta, 24 ta derazadan iborat. Masjid minorasi 1999-yilgi Izmitda sodir boʻlgan zilzila oqibatida vayron boʻlgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, kulliya
- Qurilgan
- 1579-yil
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Pertev posho masjidi (uz.wikipedia.org), 24-yanvar, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.

%2520*%25C2%25A9Abdullah%2520Kiyga%2520-%2520panoramio.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
%252006.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

%252002.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)