Pirsaat Baba Külliyesi

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Pirsaat Baba ziyoratgoh-masjid kompleksi — Ozarbayjon Respublikasi Şamaxi shahrining girajida joylashgan ziyoratgoh-masjid kompleksi.

Tavsifi

Pirsaat Baba ziyoratgoh-masjid kompleksi Ozarbayjon Respublikasi Şamaxi rayonida, Şamaxi shahrining girajida, Marzəndiya qishlogʻining hududida, Sabir qishlogʻining yaqinida, Baki-Şamaxi-Yevlax avtomobil yoʻli yonida, Pirsaat daryosining qirgʻogʻida joylashgan.

Ziyoratgoh aholi tomonidan eng koʻp ziyorat qilinadigan muqaddas oʻcaqlardan biridir, kundalik yuzlab ziyoratchilar tomonidan ziyorat qilinadi. Shuningdek, tarixiy yodgorlikdir.

Kompleksda masjid ham bor. Masjidda ibodat zali bilan birga, marosim zallari ham mavjud.

Tarixi

Pirsaat baba paygʻambar naslidan kelgan keramli olviy boʻlgan.

Ziyoratgoh oʻrta asrlarga tegishli — taxminan IX‑XV asrlar oraligʻida. 1918‑ci yilda ziyoratgoh Haji Jafarqulu nomli saxiy shaxs tomonidan qayta tiklanib, turba shaklida qurilgan edi.

Ozarbayjon mustaqilligini tiklagandan soʻng, ziyoratgoh 1993‑ci yilda qayta qurilgan edi. Boshqa maʼlumotga koʻra, turba 1989‑90 yillarda Shayx Ibrohim Paşa tomonidan qayta tiklangan, 1996 yilda esa tom qoplamasi qoʻyilgan.

2019‑ci yilda Şamaxida sodir boʻlgan zilzila vaqtida ziyoratgohning devorlarida yoriqlar paydo boʻlgan, buning natijasida ziyoratgohga zarar yetgan edi.

Heydər Əliyev Fondining prezidenti va Ozarbayjon Respublikasi birinchi xonim Mehriban Əliyevaning tashabbusi bilan 2020‑ci yilda u yerda tiklash‑qayta qurish ishlari va yangi masjid binosining qurilishi boshlandi. Shu yiling may oyining 25‑ida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Əliyev va birinchi xonim Mehriban Əliyeva u yerga tashrif buyurib, ziyoratgohning qayta qurilishi doirasida amalga oshirilgan ishlarga nazar tashladilar, Pirsaat Babaning maqbarasini ziyorat etdilar.

1 noyabr 2021‑yil tarixida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilxam Aliyev va birinchi xonim Mehriban Aliyevaning ishtirokida Pirsaat Baba ziyoratgoh‑masjid kompleksi tiklanish va qayta qurilish ishlaridan soʻng ochildi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, Pir
Qurilgan
1918-yil, 2021-yil

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.593935, 48.702591Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan tarjima qilingan: Pirsaat Baba ziyarətgah-məscid kompleksi (az.wikipedia.org), 7-sentabr, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.