Ramana masjidi

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Conquerer01 · CC BY-SA 4.0

Ludvig14 · CC BY-SA 4.0

Ramana masjidi, shuningdek, Qurbon masjidi nomi bilan ham tanilgan, 1912–1914-yillar oraligʻida qurilgan tarixiy va meʼmoriy yodgorlik. Ozarbayjonning Ramona qishlogʻida joylashgan boʻlib, meʼmor Zivarbay Ahmadbeyov tomonidan loyihalashtirilgan.

2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga binoan, masjid mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Ramana masjidi 1912–1913-yillarda Ramana qishlogʻida bunyod etilgan. Masjid meʼmori Zivarbay Ahmadbeyov boʻlgan.

Ozarbayjonga sovet bosqinidan keyin, 1928-yilda mamlakatda dinlarga qarshi rasmiy kurash boshlandi. Koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalar taʼlim yoki madaniy maqsadlarda foydalanish uchun klublar tasarrufiga topshirildi. 1917-yilda Ozarbayjonda taxminan 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilga kelib 1700 ta, 1928-yilda 1369 ta va 1933-yilda atigi 17 tani tashkil qilgan. Ana shu davrda Ramana masjidi ham ibodat uchun yopildi va masjid binosidan ustaxona sifatida foydalanildi.

Ozarbayjon mustaqilligini qoʻlga kiritgach, masjid diniy jamoa foydalanishi uchun qaytarildi. 2001-yil 2-avgustda Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qaroriga binoan, Ramana masjidi mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi.

Meʼmorchiligi

Masjid qishloqning tarixiy markazida, qadimiy uylar va hammom bilan oʻralgan hududda joylashgan. Qurilish rejasiga koʻra, masjid ikki kvadrat shaklli namoz zalidan iborat. Asosiy namozxonaning oʻchami 14 × 14 metrni tashkil etadi. Inshoot tarkibiga asosiy zal, yoʻlak va zalning shimoliy hamda sharqiy tomonlarida joylashgan yordamchi xonalar kiradi. Asosiy zal shiftini oʻyib ishlangan ohaktoshdan qilingan 4 ta ustun ushlab turadi. Barcha eshik va derazalar dekorativ romlar bilan oʻralgan, portalning balandligi 7–9 metrga yetadi. Masjidning umumiy maydoni 300 m2 (3,200 kv ft)ni tashkil etib, bir vaqtning oʻzida 300 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid 1 ta gumbazga ega, minorasi yoʻq.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.457840, 49.982473Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ramana masjidi (uz.wikipedia.org), 20-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.