Reşadiye masjidi

Vikimach · CC BY 2.5

Nedim Ardoğa · CC BY-SA 4.0

No machine-readable author provided. Pnc net assumed (based on copyright claims). · CC BY-SA 3.0

Reşadiye masjidi (turkcha: Reşadiye Camii) – Turkiyaning Eskishehir shahridagi masjid.

Masjid Odunpazari ilchesining Arifiye mahallasida joylashgan. Masjidning shimoli-gʻarbiy tomonidagi koʻcha ham Reşadiye deb nomlangan. 1916-yilda Usmoniylar sultoni Mehmet V (h. 1909–1918) tomonidan qurilgan boʻlib, Reşat nomi bilan ham tanilgan. 1979-yilda avvalgi nomi saqlangan holda qayta qurilgan. Masjid meʼmori Cevat Ulger qurilish yakuniga yetmasidanoq vafot etgan, shu sababli bino uning vafotidan keyin qurib bitkazilgan. Ikki minorali ushbu masjid Istanbulning Eminönü tumanidagi tarixiy Yangi masjid (Yeni Cami) uslubida loyihalashtirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’mor
Cevat Ülger
Joylashgan hudud
Markaziy Anadolu mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.771389, 30.516944Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Reşadiye masjidi (uz.wikipedia.org), 28-iyun, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.