Rum Mehmed posho masjidi
Rum Mehmed posho masjidi (turkcha: Rum Mehmet Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahridagi katta va aholi zich joylashgan Üsküdar (talaffuzi: Uskudar) tumanida joylashgan eski Usmonli masjidi.
Rum Mehmed posho masjidi Bosfor boʻgʻozi qirgʻogʻiga va Üsküdar tumanida joylashgan Şemsi posho, Yeni Valide va Mihrimah Sulton tarixiy masjidlariga yaqin hududda joylashgan. Yodgorlik Sharqiy Rim imperiyasining bosib olinishi va qulashi ortidan Usmonli imperiyasi davrida Osiyoda (Anadolu) qurilgan ilk masjid hisoblanadi.
Tarixi
Masjid 1471-yilda asli yunon millatiga mansub boʻlgan vazir Rum Mehmed Posho uchun qurilgan. Masjidni qurishda tosh va gʻishtdan foydalanilgan boʻlib, yodgorlik Usmonli va Vizantiya meʼmoriy elementlarni oʻzida mujassam etgan.
Rum Mehmed posho masjidi 1953-yilda qayta tiklangan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, historic building
- Qurilgan
- 1471-yil
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Rum Mehmed posho masjidi (uz.wikipedia.org), 25-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)