Saparmurod hoji masjidi

joepyrek from Richmond, Va, USA · CC BY-SA 2.0

Central Bank of Turkmenistan · Public domain

Central Bank of Turkmenistan · Public domain

Saparmurat hoji masjidi (turkmancha: Saparmyrat Hajy metjidi) – Turkmanistonning Gokdepe shahrida joylashgan masjid. Ushbu masjid Gokdepe qal’asi himoyachilari xotirasiga bagʻishlab 1994-1995-yillarda prezident Saparmurod Niyozov prezidentligi davrida qurilgan. Masjid oʻzining toʻrtta moviy gumbazi bilan Gokdepening diqqatga sazovor inshootlaridan biri hisoblanadi.

Tarixi

Ushbu masjid loyihasi ashxobodlik arxitektor Kakajan Durdiyev tomonidan tuzilgan boʻlib, masjid 1995-yilda ochilgan. Turkmaniston Prezidenti Saparmurod Niyozov 1992-yilda ado etgan Haj amali sharafiga Saparmurat hoji nomi berilgan. Bino qurilishini amalga oshirish ishlari boʻyicha oʻtkazilgan tenderda 1994-yilda masjidni bir yil qurib bitkazilishini rejalashtirgan Bouygues kompaniyasi goʻlib chiqqan.

Arxitekturasi

Masjid markazida toʻq yashil gumbaz joylashgan boʻlib, uning atrofi pastroq, lekin bir xil toʻrtta yarim gumbaz bilan oʻralgan. Masjidning ichki qismi toʻrtburchak zal boʻlib — tashqaridan kvadrat hovligacha choʻzilgan. Hovlining toʻrtta burchagida Muhammadning yoshini ifodalash uchun har birining balandligi 63 metr boʻlgan toʻrtta minora oʻrnatilgan. Masjidning sharqiy qismida binoga tutash, yulduz shaklida qurilgan ikki qavatli majmua bunyod etilgan boʻlib, uhbu majmua hovuz atrofida joylashgan. Bundan tashqari kichik oq gumbazlar ham qurilgan boʻlib, ular majmua shiftining perimetri hamda masjid hovlisini bezatadi.

Masjid markazida 260 chiroqli qandil osilgan. Devorlari anʼanaviy turkman gilamlari va naqshlari bilan, gumbazlarning ichki qismi moviy rangdagi naqshlar bilan bezatilgan. Ushbu masjid 8000 nafar namozxonni sigʻdirish uchun moʻljallangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1994-yil
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 38.161900, 57.967300Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Saparmurod hoji masjidi (uz.wikipedia.org), 9-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.