Saroychiq
Saroychiq (qozoqcha: Сарайшық) – Oltin Oʻrda shaharlaridan biri. Guryev shahridan 60 km masofada, Ural daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan (XIII asrning 2-yarmi). Shaharning nomi qoʻlyozma manbalar hamda XIV asrda shu yerda zarb qilingan tangalar orqali yaxshi maʼlum. S. 1395-yil Amir Temur va Toʻxtamish oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushdan zarar koʻrgan. Shahar aholisi Volga daryosi boʻyidagi koʻpgina shaharlar bilan savdosotiq qilgan. S. ancha muddat davomida Oltin Oʻrda va Gʻarbiy Yevropa tojirlari uchun Osiyo mamlakatlari bilan tijorat, ishlarini yuritishga oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtagan. S. bir tomondan Oltin Oʻrda xonligini SaroyBerka bilan, 2tomondan esa Xorazm markazi Urganch bilan mustahkam bogʻlagan. Ushbu yoʻl XIII—XIV asrlarda Sharq va Gʻarbni birlashtiruvchi bosh karvon yoʻli hisoblangan. Sdan Urganchgacha boʻlgan yoʻlning har 30 km da quduqlar qazilgan, karvon saroylar barpo etilgan. Ushbu savdosotiq yoʻli Oltin Oʻrdaning bir qancha yirik shaharlari, xususan, Urganch orqali S.qa yoʻnaltirilgan. Bu yerda yoʻl shim. va jan. tomonlarga qarab boʻlingan. Yoʻlning shim. qismi SaroyBerka (Saroy aljadid), jan. qismi esa Hojitarxon orqali Mojar hamda Azov bilan bogʻlangan. Manbalarning dalolat berishicha, 1580-yil Yoyiq kazaklari hujumi paytida butunlay vayron qilingan.
Moʻgʻullardan oldingi davr
Moʻgʻulgacha boʻlgan qatlamlar haqidagi versiya, ehtimol, sovet tarixchisi Sergey Tolstovdan kelib chiqqan boʻlib, „shahar XI asrda va hatto X asrda qurilgan“ deb hisoblagan. Xorazm mustamlakachilari Quyi Volga boʻyiga yoʻl olishmoqda". 1996—2000-yillarda olib borilgan qazishmalardan avvalroq turar-joyda moʻgʻullarga qadar boʻlgan qatlamlar topilmagan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- shahar, archaeological site
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Saroychiq (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
