Sayyid Yahyo Murtuza masjidi

Interfase · CC BY-SA 4.0

Samral · CC BY-SA 4.0

Sefer azeri · CC BY-SA 4.0

Sayyid Yahyo Murtuza masjidi (ozarbayjoncha: Seyid Yahya Murtuza məscidi; forscha: مسجد سید یحیی مرتضی‎‎) yoki Hazrat Ali masjidi (ozarbayjoncha: Həzrət Əli məscidi; forscha: مسجد حضرت علی‎‎) – XVII asrga oid tarixiy masjid. Bino Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Asaf Zeynalli koʻchasida joylashgan. Masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.

Tarixi

Oʻrta asr karvon savdo yoʻlida joylashgan Sayyid Yahyo Murtuza masjidi XVII asr boshlarida qurilgan. Ushbu yodgorlik oʻz davrining eng nufuzli shaxslaridan biri boʻlgan Sayyid Yahyo Murtuzaning mablagʻi evaziga bunyod etilgan. Murtuza ushbu masjidda diniy shaxs sifatida faoliyat yuritgan boʻlib, oʻlimidan keyin aynan shu masjid hovlisiga dafn etilgan. Hozirda uning qabri masjidning kirish eshigi yonida joylashgan.

Sayyid Yahyo Murtuza masjididan Ozarbayjon SSR davrida duradgorlik ustaxonasi sifatida foydalanilgan.

1990-yillardan keyin masjid Icheri-sheher Juma masjidi tarkibiga kiritilgan. Hozirgi kunda masjidda „Hazrati Muhammad“ jome masjidi diniy jamiyati faoliyat yuritib kelmoqda.

Arxitekturasi

Qurilish rejasiga koʻra masjid kvadrat shaklda, markaziy qismi gumbazli, minorasi yoʻq. Mehrobning janubiy devorlariga stalaktiklar bilan ishlov berilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
XVII asr
Me’moriy uslub
Islom arxitekturasi, Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.364722, 49.835278Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sayyid Yahyo Murtuza masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.