Shayx Ibrohim masjidi
Shayx Ibrohim masjidi (ozarbayjoncha: Şeyx İbrahim məscidi) – XV asrga oid tarixiy masjid, Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri, A. Zeynalli koʻchasida joylashgan.
Tarixi
Bino fasadidagi yozuvda masjid qurilishi uchun buyurtma bergan Hoji Amirshoh ibn Yoqub nomi qayd etilgan. Boshqa bir yozuvda esa masjidni Ogʻa Gʻafar Hoji Murod oʻgʻli taʼmirlagani koʻrsatilgan. Asosiy yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, masjid 1415—1416-yillarda (hijriy 838-yil), Sulton Shayx Ibrohim davrida qurilgan. Shu sababli mahalliy aholi tomonidan ushbu yodgorlikka Shayx Ibrohim nomi berilgan.
Arxitekturaviy xususiyatlari
Masjid toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, binoning yuqori qismi tosh gumbaz bilan qoplangan. XIX asrda masjidning fasad devori yuzasi uchta toʻrtburchak ramkaga boʻlingan. Bu bilan bino Yevropa meʼmorchilik maktabi namunalariga oʻxshab ketadi. Har bir ramka ichida derazalar oʻrnatilgan boʻlib, ular yoriqlar bilan yakunlanadi. Kirish qismi portal shaklida. Masjid qurilishida meʼmorchilikning milliy-madaniy mazmun saqlanib qolingan boʻlib, aynan shuning uchun ham ushbu yodgorlik milliy hamda yevropacha naqshlar birlashgan meʼmorchilikning yorqin namunalaridan biri hisoblanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Qurilgan
- 1415-yil
- Me’moriy uslub
- Shirvan-Absheron architectural school
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Shayx Ibrohim masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



