Shusha davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi

Compiled by TagaworShah; Individual authors credited above · CC BY-SA 4.0

vahemart · CC BY-SA 3.0

Ilgar Jafarov · CC BY-SA 4.0

Shusha davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi(ozarbayjoncha: Şuşa Tarix-Memarlıq Qoruğu) – 1988-yilda Ozarbayjon Respublikasınıng davlat tarix-meʼmoriy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan.

Shusha davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi – XVIII asrda Ozarbayjon shaharsozlik sanʼatining eng goʻzal namunasi oʻlaroq xonlikning ijtimoiy-siyosiy markazi sifatida muhim ahamiyat kasb etgan. Qorabogʻ xonligining poytaxti boʻlgan Shusha shahri oʻzining goʻzal, maftunkor tabiyati va strategik joylashuvi jihatidan muhim nuqtada joylashgan. Qorabogʻ xonlıgining asoschisi Panohali xon Sarıjalı Javanshir 1747-yilda mustaqil xonlik tuzar ekan, eng avvalo, oʻzi uchun bir qarorgoh qurishga kirishdi. Dastlab bunyod ettirgan Bayot (1748) va Shohbulogʻı (1752) qasrlari mudofaa jihatidan davr talablariga javob bermas edi. Buni inobatga olgan Panoh xon yangi shahar-qal’a barpo etishga qaror qiladi. Shusha hududi shahar uchun qulay joy sifatida tanlanadi. Shusha shahrining barpo etilish sanasi tarixi maʼlum emas. Shusha shahri tarixi yuzasidan izlanishlar olib borgan tadqiqotchi E.Avalovning XIX asr rus manbalariga tayaninb bildirgan maʼlumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maʼlumotlarga koʻra, Shusha masjidlaridan birining devoridagi yozuvda Panoh xonnıng 1167-yil Hijriydə Shusha shahriga birinchi poydevor qoʻygani qayd etilgan. Shushaning Juma masjidi devoridagi bu tosh bitik qayta taʼmirlanish vaqtida yoʻqolib ketgan. Demak, mazkur manbaga tayanadigan boʻlsak Shusha shahriga 1753-yilda asos solingan. Shusha platosining dengiz sathidan eng baland nuqtasi 1600, eng pasti esa 1300 metrga yaqindir. Yuksak togʻliklardan oqib keluvchi Dasholtı və Xalfali daryolari shaharni oʻrab olgan. Bu yerning yolgʻiz tabiiy jihatdan zaif nuqtasi boʻlgan shimoli-sharqiy qismiga qalaʼ devori qurishga ehtiyoj bor edi. Shunday qilib strategik jihatdan muhim joy sifatida tanlangan yerda kam mablagʻ evaziga mustahkam mudofaali katta shahar (350 gektar) bunyod etildi. Shahar barpo etilgan yillarda unga asos solgan xonning nomi bilan Panohobod deb nomlangan. Faqat qisqa muddatdan soʻng tabiiy joylashuv oʻrniga koʻra Shusha deb nomlangan. Ozarbayjonning oʻsha vaqtdagi xonlik markazlari ichida Shusha „shahar-qal’a“ maqomidagi eng nufuzli shahar boʻlgan. „Qoyalarga chiqish imkonsiz“ (qarang Keppel) Shushaning qal’a devorlari qadimgi Midiyaning eramizdan avvalgi IX asrdagi devor rasmlari bilan uygʻun holda bezatilgan. Qurilish vaqtidan soʻng shahar kuchli hujum va qamal ichida qoladi. Shusha bu vaqtda Qorabogʻning bosh qal’asi edi. U funksiyasiga koʻra xalq orasida „Qal’a“ nomi bilan tanilgan. Shusha qal’asi Ozarbayjonning oʻrta asr yangicha shaharsozlik anʼanasiga uygʻun holda toʻrt chorrahadan iborat boʻgan. Qal’aning bosh chorrahasi shimolda boʻlib Ganjadan kelishdagi yoʻlda joylashgani uchun shu nom bilan atalgan. İravan yoʻli esa Shusha qal’asini Ozarbayjonning gʻarbiy hududlari bilan birlashtirgan.

Qolgan ikki yoʻIi atrofi togʻ bilan oʻralgan hududda joylashgan. Shushaning ich qal’asi Ganja yoʻli yaqinindagi baland tepalikda joylashgan. Tarixchi Mir Mehdi Xazoniyning yozib qoldirgan maʼlumotlariga koʻra Panoh xon tomonidan qurilgan ichqal’a „devor va minoralari boʻlgan kichik qal’a (qasr)“ boʻlgan. Xon oʻz qarorgohi yaqinidagi tepalikda oʻgʻli İbrohim xon uchun mazkur „goʻzəl saroy“ni qurdiradi. Rus muhandislarining chizmalari asosi boʻyicha tepalikning relefiga uygʻun murakkab shaklli ichqal’a saroy binolari, devonxona va boshqa binolardan iborat komleksdir. Shushaning boshqa obidalari kabi bu saroy komleksi ham rus bosqinidan soʻng ishgʻol etiladi. Saroy kompleksi aylana shaklidagi minoralari boʻlgan qal’a devorlari bilan oʻralgan. Shahar qal’asining muhim strategik nuqtalarida toʻtburchak shaklida bogʻlari boʻlgan qasrlar barpo etilgan.

Bu qasrlarning ichida kuchli mudofaa tizimiga ega qal’alar qurilgan. Bular shahar tashqarisini nazorat qilish va shaharga boʻladigan hujumlardan mudofaa qilishda muhim rol oʻynagan. Ulardan hozirga qadar faqat ikkisii – Panoh xon qasri va Qora Buyuk Xonım qasri saqlanib qolgan.

Kirish chorrahasidagi Qora Buyuk Xonım qasri maʼlumotlarga koʻra 1768-yilda qurilgan. Joylashish oʻrniga koʻra dinamik landshaftı qal’a devorları va minoralari tuzilishiga uygʻunlik kasb etgan. Qal’a divorı togʻ relefida joylashgani uchun murakkab shaklni oʻz ichiga olgan. Minoralarning asos devorlaridan tepalikka chiqish qismi mustahkam mudofaaga ega boʻlgan. Qal’a devorı va minoralari ancha mustahkamligi bilan ajralib turgan. Qal’a devorları, minoralari, qasri Shushaning qoyali va oʻrmonli landshafti bilan uygʻunlikda ajoyib bir koʻrinish kasb etadi. Susha mustahkam shahar qal’asiga ega boʻlgan, shu bilan birga XVIII-XIX asrlarda Ozarbayjonning muhim siyosiy-iqtisodiy va madaniyat markazi boʻlgan.

İbrohim xonnıng hokimiyati yillarida (1759-1806) shahar maydonining sharqiy qismida 8 ta mahalla boʻlgan. Gʻarbiy qismida esa asosan rus istilosidan soʻng (1805) 12 ta mahalla tashkil etilgan. Joylashishiga koʻra mahallalar ikki - Yuqori va Pastki qismdan tarkib topgan. Pastki mahallalar Qurdlar, Seyidli, Julfalar, Quyuluq, Dardlar qurdu, Hojı Yusufli, Toʻrt Chinor va Joʻl qal’a (Juhudlar), Yuqorı mahallalar esa Mardonli, Soatlı, Koʻcharli, Mamayı, Xoja Mirjanlı, Temirchi, Hammom yoʻli va Toza mahalla nomlari bilan atalgan. Togʻli gʻarb qismining Mehrulu, Qozanchili, Oqsuv, Jillabord, Dara va boshqalarni bir-biridan tor koʻchalar ajratib turgan. Goʻzal tabiatli va oq toshdan bunyod etilgan qal’a devorlari fonida ayvon shaklida joylashgan mahallalar ajib bir koʻrinish kasb etgan.

Keyingi qayta qurish va taʼmirlash ishlaridan soʻng ham Shusha oʻz tarixiy koʻrinishini saqlab qolgan. Boshqa oʻrta asr Ozarbayjon shaharlari kabi Shushaning mahallalari ham uy-mulklaridan iborat boʻlgan. Shusha uylarining koʻpi ikkiqavatli boʻlib butun toshlardan qurilgan. Tepa ayvonlarining panjaralari shakli va interyerlarda turfa rangli devor bezaklari boʻlgan anʼanaviy Shusha uylari Ozarbayjonning boshqa hududlaridagi uylardan farqlanib turadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
protected area
Qurilgan
1977-yil
Me’moriy uslub
Arran architectural school

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.751389, 46.735833Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Shusha davlat tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxonasi (uz.wikipedia.org), 13-sentabr, 2024 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.