Sinan posho masjidi (Istanbul)

Dosseman · CC BY-SA 4.0

User:Darwinek · CC BY-SA 3.0

Metuboy · CC BY-SA 4.0

Sinan posho masjidi (turkcha: Sinan Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, aholi zich joylashgan Beşiktaş (talaffuzi: Beshiktosh) tumanida joylashgan Usmonli masjidi. Meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan admiral Sinan Posho uchun qurilgan. Masjid bunyod etilgan koʻchaning roʻparasida barbarossa Hayrettin poshoning maqbarasi ham joylashgan.

Tarixi

Masjid vazir Damat Rustam poshoning ukasi, Usmonli admirali Sinan posho tomonidan vaqf qilingan. Masjid rejasi imperiya meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan. Sinan posho 1554-yilda vafot etgan, vafotidan keyin masjidni qurish ishlari boshlab yuborilgan. Masjid darvozasi ustiga arab yozuvida zarhal harflar bilan qurilish ishlari 1555-yilning noyabr–dekabr oylarida yakunlanishi qayd etilgan. Hovlidagi oq marmar favvora havzasi atrofida turk tilida oʻyib yozilgan bitikda 1555–1556-yillar qayd etilgan.

Arxitekturasi

Masjidning old hovlisi uch tomondan madrasa bilan oʻralgan. Madrasa binosi shiyponli tom bilan yopilgan boʻlib, qisqa ustunlar tomni ushlab turadi, madrasaning sinfxonalari mavjud emas. Hovli oʻrtasida toʻrtburchak shakldagi suv ichadigan favvora joylashgan. Masjid tosh va gʻishtdan bunyod etilgan. Inshootning shimoliy tomoni dastlab qoʻshaloq ayvonga ega boʻlgan, ammo 1749-yilda besh gumbazli ichki ayvon namozxona ichiga kiritib yuborilgan. Gumbazning oʻchami 12.6 metr (41 ft)ni tashkil etadi. Masjid gumbazidagi boʻyoqlar bilan ishlangan asl bezaklar saqlanib qolmagan. Bino minbari oddiy uslubda qurilgan boʻlib, uni qurishda oq marmardan foydalanilgan. Masjid hududida dastlab hammom ham mavjud boʻlgan, biroq u 1957-yilda buzib tashlangan.

Sinan posho masjidining dizaynini 1437-yildan 1448-yilgacha mavjud boʻlgan Edirnedagi Üç Şerefeli (Uch tabrik) masjidi bilan solishtirish mumkin. Ikkala masjid gumbazi ham oltita ark ustida joylashgan boʻlib, ikkita alohida ustunlardan iborat boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Istanbuldagi masjidlar roʻyxati, Jome masjid, Masjid, historic building
Qurilgan
1554-yil
Me’mor
Xoʻja sinon
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Sinan posho

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.042343, 29.006245Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sinan posho masjidi (Istanbul) (uz.wikipedia.org), 7-avgust, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.