Istanbul dengiz muzeyi
Istanbul dengiz muzeyi (turkcha: İstanbul Deniz Müzesi) – Turkiyaning Istanbul shahri, Beşiktaş tumanida joylashgan milliy harbiy-dengiz muzeyi. Muzeyga 1897-yilda Usmonli imperiyasi dengiz ishlari vaziri (Bahriye Nazırı) Bozcaadalı Hasan Hüsnü Pasha tomonidan asos solingan.
Muzey Usmonli flotiga tegishli harbiy artefaktlarning muhim kolleksiyasini oʻz ichiga oladi. Dengizchilik sohasida u Turkiyaning eng yirik muzeyi boʻlib, kolleksiyalarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Muzey fondida 20 000 ga yaqin eksponat mavjud. Bular orasida XVI asr oxiri yoki XVII asr boshlariga oid, Sulton Murod III (1574–1595) va Sulton Mehmed IV (1648–1687) hukmronligi davrlarida qurilgan, Tarihi Kadırga nomi bilan tanilgan Usmonli kema-galereyasi mavjud. Bu kema Radiouglerodli tahlil va Dendroxronologiya tadqiqotlari bilan tasdiqlangan. U dunyodagi saqlanib qolgan yagona original galereya hisoblanadi va dunyodagi eng qadimgi uzluksiz saqlangan yogʻoch korpusga ega.
Turkiya Harbiy-dengiz kuchlari qoʻmondonligiga boʻysunuvchi ushbu muassasa, mamlakatdagi birinchi harbiy muzeydir.
XXI asr boshida yangi koʻrgazma binosi qurildi. Qurilish 2008-yilda boshlanib, bino 2013-yil 4-oktabrda qayta ochildi. Bino yer ustidagi ikki qavat va bir yertoʻla qavatidan iborat boʻlib, umumiy maydoni 20 000 m² ni tashkil etadi.
Yertoʻla qavati kemalarning burun qismlari, kema bezaklari, kema modellari va 1453-yilda Istanbul fathi paytida Oltin shox kirishini toʻsib qoʻyish uchun ishlatilgan Vizantiya zanjiri boʻlaklari kabi turli xil ashyolardan iborat. Birinchi va ikkinchi qavatlarda koʻplab saltanat qayiqlari va boshqa kema turlari namoyish etiladi.
Koʻpgina eksponatlar issiqlik, yorugʻlik, namlik, atmosfera sharoitlari, vandalizm va boshqa omillar taʼsirida xomashyoning deformatsiyalanishi sababli maxsus restavratsiya va konservatsiya ishlaridan oʻtkazilgan.
Muzeyga kirish
Muzey Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Hayrettin İskelesi koʻchasida, Beshiktosh-Qadikoʻy liniyasi parom pristani yaqinida joylashgan. Muzey dushanba, Yangi yil bayrami va diniy bayramlarning birinchi kunidan tashqari har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha ochiq.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- naval museum, national museum, maritime museum, muzey
- Qurilgan
- 1897-yil
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Istanbul dengiz muzeyi (uz.wikipedia.org), 22-aprel, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)


