Şişli masjidi

Elmacenderesi · CC BY-SA 4.0

The original uploader was Mirada at Turkish Wikipedia. · CC BY 2.5

Elmacenderesi · CC BY-SA 4.0

Şişli masjidi (turkcha: Şişli Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Şişli tumanidagi Büyükdere xiyoboni, Halaskargazi va Abide-i Hürriyet koʻchalari oʻrtasidagi Şişli maydonida joylashgan masjid.

Tarixi

1940-yillarda shahar hududining tezlik bilan kengayishi tumanda birorta ham masjid yoʻqligini koʻrsatadi va aholi bu hududda ham alohida masjid binosini qurishni talab qilgan.

Şişlidan Tünelgacha boʻlgan hududda Hüseyin ogʻa masjididan boshqa masjid boʻlmagani va aholi ehtiyojini qondirmagani uchun Şükrü va Yusuf Gürün ismli ikki savdogar aka-uka Şişlida masjid qurish uchun 100 ming turk lirasi xayriya qilgan. 1944-yilda ular vaqflar bosh boshqarmasiga masjid qurish istagida ekanliklarini bildirishgan. Halâskârgazi koʻchasida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida masjid uchun mos joy topilmagani uchun qurilishni Şişli maydoniga qarovchi va ilgari otliqlar kazarmasi sifatida xizmat qilgan maydonda amalga oshirishga qaror qilingan. Istanbul hokimi Lütfi Kirdarga hokimlikka tegishli bu yerni masjid qurilishi uchun ajratilishi maqsadida ariza berilgan. Taklif maqsadga muvofiq deb topilib, shahar kengashi qarori bilan belgilangan yerga masjid qurishga qaror qilingan. Istanbul vaqflari bosh direktori Vasfi Egeli quriladigan masjidning meʼmori etib belgilangan.

Meʼmor Ali Vasfi Egeli tomonidan Usmonli meʼmorchiligining klassik uslubda ishlab chiqilgan masjid qurilishi 1945-yilda boshlangan va 1949-yilda toʻliq qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan. Bu Turkiyada 1923-yildan keyin respublika davrida qurilgan birinchi masjid hisoblanadi.

Arxitekturasi

Grit toshdan qurilgan masjid devor bilan oʻralgan hovlida joylashgan boʻlib, bino uchta darvozaga ega. Masjidning kirish qismi ayvonli, tepasida uchta yarim gumbaz bilan oʻralgan bitta asosiy gumbaz va bitta muqarnasli galereyadan iborat minorasi mavjud.

Kirish eshigi tepasida arab yozuvida Hamid Aytaç (1891–1982) tomonidan arab xattotligida bitilgan yozuv, hovli oʻrtasida esa oʻn ikki burchakli tahorat oladigan shodirvon mavjud. Hovlida imom, muazzin, boshqa masjid amaldorlari uchun joylar va kutubxona ham mavjud.

Masjidga zinapoyalar orqali kirish mumkin. Ichkarida, markazda marmar favvora joylashgan. Masjid poli atirgul rangli gilam bilan qoplangan va yer ostidan isitiladi. Bino shifti turli bezaklar bilan bezatilgan. Ichki devorlarida kalligrafik yozuvlar mavjud. Marmardan yasalgan mehrob ustidagi derazalar vitrajdan ishlangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1949-yil 28-iyun
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Material
gritstone
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Şişli

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.061389, 28.987778Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Şişli masjidi (uz.wikipedia.org), 15-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.