Yıldız Hamidiye masjidi

unknown author · Public domain

Chapultepec · Public domain

Chapultepec · Public domain

Yulduz Hamidiye masjidi (turkcha: Yıldız Hamidiye Camii), ayrim manbalarda Yulduz masjidi (turkcha: Yıldız Camii) — Turkiyaning Istanbul shahri Beshiktosh tumani Yulduz mahallasi Yıldız saroyiga boriladigan yoʻlda joylashgan Usmoniylar imperiyasi tomonidan bunyod ettirilgan masjid. Usmoniylar sultoni Abdulhamid II buyrugʻi bilan 1884–1886-yillarda qurilgan. Bino toʻrtburchak shaklda qurilgan, minorasi bitta. Meʼmorchilikning neo-gotik va Usmoniylar meʼmorchiligi klassik uslubida yaratilgan naqshlar uygʻunligidan iborat. Suriyaning Damashq shahri Marjeh maydonida Abdulhamid II tomonidan oʻrnatilgan bronza ustun tepasida Yıldız masjidining kichik haykali joylashgan.

2017-yilning 4-avgustida masjidda restavratsiya ishlari boshlangan va 4 yil davom etgan. Restavratsiyaga 27 million turk lira (7,6 million dollar) sarflangan va tayyor boʻlganidan soʻng prezident Recep Tayyip Erdoğan tomonidan qayta ochilgan.

Abdulhamid II ga suiqasd

1905-yil 21-iyulda Dashnaksutyun aʼzolari masjid oldida ot aravaga bomba qoʻyib, Abdulhamid II ni oʻldirmoqchi boʻlishgan, bu voqea „Yıldızga suiqasd“ nomi bilan tarixda qolgan. Bomba kutilganidek vaqtida portlamagan va sulton omon qolgan, voqea natijasida 26 kishi halok boʻlgan, 58 kishi yaralangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Qurilgan
1886-yil
Muhim voqea
qurilish
Me’mor
Sarkis Balyan
Me’moriy uslub
Ottoman architecture, Gothic Revival
Tarkibiy qismi
Yıldız saroyi
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Abdulhamid II, Yıldız saroyi
Meros maqomi
Tentative World Heritage Site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.049411, 29.009936Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yıldız Hamidiye masjidi (uz.wikipedia.org), 16-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.