Katta masjid (Sivrihisar)

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Sivrihisar katta masjidi (turkcha: Sivrihisar Ulu Camii) – Turkiyaning Sivrihisar tumanidagi tarixiy masjid.

Masjid Eskishahar viloyatining Sivrihisar tumanida joylashgan. Leshker amiri Jaloliddin Ali tomonidan 1231–1232-yillarda Koʻniya sultoni Alouddin Qayqubod (h. 1220–1237) hukmronligi davrida qurilgan. Keyinroq 1275-yilda Kayxusrav III (h. 1265–1284) noibi Eminuddin Mikoil ibn Abdulloh tomonidan, 1440-yilda esa Sivrihisar qozisi Xizirbey tomonidan restavratsiya qilingan. Masjid Onadoʻlidagi yogʻoch ustunli qilib qurilgan beshta inshootdan biri hisoblanadi.

Masjidning umumiy yer maydoni 1,485 m2 (15,980 kv ft). Tashqi devorlari yoʻnilgan toshdan qurilgan. Toʻrtta kirish joyi mavjud. Shimoliy va sharqiy darvozalarida restavratsiya ishlari amalga oshirilgan sanalari marmarga oʻyib yozilgan. Tom qismi dastlab plitkalar bilan qoplangan, keyinchalik qoʻrgʻoshin bilan almashtirilgan. Tomni ichki qismidagi 67 ta yogʻoch ustunlar koʻtarib turadi, ularning ustki qismlari, asosan, yashil, qizil va qora ranglarga boʻyalgan va anʼanaviy naqshlar bilan oʻyib ishlangan bezaklar bilan bezatilgan. Baʼzi ustunlar toshdan qurilgan poydevorlarga oʻrnatilgan boʻlib, ular hozirgi Sivrihisar yaqinida joylashgan va bugungi kunda Ballıhisar nomi bilan mashhur boʻlgan qadimgi Pessinus shahrida ishlab chiqarilgan boʻlishi mumkin. Masjidning minbari 1245-yilda xurosonlik Ibn Mehmet tomonidan yongʻoq yogʻochidan ishlangan boʻlib, undagi geometrik va gullar tasviri juda mashhur hisoblanadi. Ushbu minbar 1924-yilda buzib tashlangan Sivrihisar Kılıç masjididan olib kelingani taxmin qilinadi. Masjid minorasi esa 1409–1410-yillarda Osmon oʻgʻli Hoji Habib tomonidan qurilgan boʻlib, bu haqida oʻsha yerdagi yozuvda qayd etilgan.

Jahon merosi obyekti

Masjid hududi 2023-yilda UNESCOning Jahon merosi roʻyxatiga Madaniy yoʻnalish boʻyicha kiritilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1232-yil
Me’moriy uslub
Anatolian Seljuk architecture
Material
dimension stone
Tarkibiy qismi
Wooden Hypostyle Mosques of Medieval Anatolia
Joylashgan hudud
Markaziy Anadolu mintaqasi

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.450833, 31.537222Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Katta masjid (Sivrihisar) (uz.wikipedia.org), 17-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.