Sokollu Mehmet posho masjidi (Azapkapi)
Sokollu Mehmet posho masjidi (turkcha: Sokollu Mehmet Paşa Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi. Bino Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan.
Tavsifi
Masjid Istanbulning Beyoğlu tumanidagi Azapkapi mahallasi Otaturk koʻprigi yonida joylashgan, ammo bino qurilgan vaqtda bu yerda koʻprik mavjud boʻlmagan. Masjid Usmonlilar imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon (taxminan 1488 yoki 1490–1588) tomonidan loyihalashtirilgan va 1578-yilda sadr vazir Sokollu Mehmed posho (vazirlik yillari: 1565–1579) uchun qurdirillgan. Inshoot Istanbuldagi Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan xuddi shu nomdagi uchta masjiddan biri hisoblanadi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Jome masjid, Masjid, historic building
- Qurilgan
- 1577-yil
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Material
- kafel
- Balandligi
- 24,5 m
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
- Nomi kimdan/nimadan
- Sokollu Mehmed Paşa
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sokollu Mehmet posho masjidi (Azapkapi) (uz.wikipedia.org), 17-fevral, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





