Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi
Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi, Akmal Ikromov nomidagi Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi (bugungi kunda - Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi) — notijorat madaniy-maʼrifiy muassasa; Samarqand shahrida. 1982-yildan Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibidagi bosh muzey.
1896-yilda Samarqand statistika qoʻmitasi muzeyi sifatida ochilgan. 1911-yildan Samarqand shahri muzeyi, 1921-yildan Samarqand viloyati muzeyi, 1927-yildan oʻlka muzeyi, 1930-yildan Oʻzbekiston Markaziy davlat muzeyi, 1937-yildan Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi. 1945-yildan Oʻzbek xalqi madaniyati respublika muzeyi, 1955-yildan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi respublika muzeyi; 1968-yil A.Ikromov nomi berilgan; 1969-yildan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi nomda. 1978-yildan Registon maydonida muzey uchun maxsus qurilgan binoda (meʼmori M.S.Bulatov); umumiy maydoni 10 ming kv.m. ekspozitsiya va koʻrgazma zallari maydoni 5 ming kv.m.
2009-yildan muzey Samarqand shahri Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 148-uyda faoliyatini olib bormoqda.
Ayni paytda muzeyda tarix va etnografiya, san’at boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek, muzey binosida Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasining maʼmuriyati va fondi ham joylashgan.
Ekspozitsiya
Muzey ekspozitsiyasining asosiy manbasi bevosita „Samarqand“ davlat muzey-qoʻriqxonasi bosh fondi hisoblanadi. Shuningdek, koʻchma koʻrgazmalar zalida boshqa muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan koʻrgazmalar tashkil qilinadi.
Samarqanddagi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi "Samarqand" davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi yeng yirik muzey boʻlib, Mustaqillik ekspozitsiyasi, Oʻzbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida, Oʻzbekistonda temirchilik tarixi va metallga badiiy shlov berish sanʼati, Markaziy osiyoda yozuvni paydo boʻlishi tarixi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati durdonalari, Nafis matolar jilosi, Oʻzbekistonda anʼanaviy milliy kiyinish madaniyati, Oʻzbekiston kashtachilik sanʼati, Oʻzbekiston zargarlik sanʼati, Amir Temur maqbarasini oʻrganilish tarixidan kabi ekspozitsiyalar tashrif buyuruvchilar uchun xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Muzeyning eng qadimiy eksponatlari neolit davriga (Zarautsoy, Sarmish va boshqalar) oid qoyaga chizilgan, realistik aks ettirilgan hayvonlar rasmlarining namunalari hisoblanadi.
Oʻzbekiston janubi va Samarqand viloyati hududidan topilgan muzey eksponatlari miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillikning birinchi yarmida Baqtriya va Soʻgʻdda kulolchilik, zargarlik sanʼati nihoyatda yuqori bosqichga koʻtarilganligidan dalolat beradi. Jarqoʻton, Sopollitepa shaharchalari va Moʻminobod, Chakka qishloqlaridan topilgan marosim, xoʻjalik va hasham idishlari shular jumlasidandir.
Miloddan avvalgi VI asrda Baqtriya va Soʻgʻd hududlarida ushbu davr sanʼati mumtoz Sharq madaniyati bilan chogʻishtirilgan holda namoyon boʻladi. Bu davrda qadimiy Eron ilohiy Gopatshoh tasviri tushirilgan gemma, Afrosiyob va Pshaktepadan topilgan nafis qilib ishlangan qadahsimon idishlar, Samarqandda topilgan miloddan avvalgi VI asrga oid sak jangchisining dubulgʻasi ekspozitsiyalarda alohida oʻrin olgan.
Ellinizm davriga xos xislatlarning taʼsirini muzeyda namoyish qilinayotgan Oʻrta Osiyo antik kulolchilik mahsulotlari kolleksiyasi oʻzida namoyon etadi. Bular shakl jihatidan yunon kulolchiligiga xos boʻlgan Qoratepa, Tallibarzu, Eski Termiz, Dalvarzintepa va boshqa joylardan topilgan kulolchilik mahsulotlari — amfora, oynaxoyya, lagan, jom, tovoq va hokazo.
Muzey jamlanmalarida Oʻrta Osiyo mayda plastikasi — haykalchalar, yopishtirma tasvirlardan iborat eng boy toʻplamlaridan biri hisoblanuvchi — terrakota haykalchalari majmui juda katta qimmat kasb etadi.
Samarqand muzeyi terrakotalari majmui turli milliy anʼanalar aloqalari va oʻzaro taʼsirlari manzarasini aniqlash imkonini beribgina qolmay, terrakota plastikasi Soʻgʻd maktabi xususiyatlarini ham namoyon etadi.
Muzey ekspozitsiyasida Qoratepa buddaviylik ibodatxonasidan topilgan sanʼat va hunarmandchilik ashyolari taqdim etilgan. Nilufar yaproqlari koʻrinishidagi ziyoratgohning ulkan poydevori bu ekspozitsiyada alohida oʻrin egallagan.
III—IV asrlar haykaltaroshligining ajoyib namunalari va turli tuman sopil buyumlar ekspozitsiyadan oʻrin olgan Yerqoʻrgʻon shaharchasidan topilgan ashyolarda namoyon boʻlgan.
Oʻzida turli mintaqalar sanʼati anʼanalarini biriktiruchi eftalit sanʼatining tipik qonunlaridan biri Samarqand muzeyida saqlanayotgan, IV—V asrlarda Chelakdan topilgan kumush quyma kosadir.
Muzeyda ilk oʻrta asr plastikasi hajmli haykaltaroshlik bilan yogʻoch va ganch boʻrtma tasvirlari orqali taqdim etilgan. Ularni Varaxsha, Kuyovqoʻrgʻon, Afrosiyob kabi yodgorliklardan topilgan ashyolar misolida kuzatish mumkin.
Samarqand muzeyida asosan soʻgʻd ossuariylarining katta toʻplami namoyish etilmoqda, ular toʻgʻri burchakli soʻyri shaklga ega. Soʻgʻd ossuariylari asosan V—VII asrlar bilan davrlangan va ulardagi tasvir sahnalari zoroastrizm dini shohlari va odamlari bilan bogʻliq.
Muzeyda soʻgʻd yozuvining noyob yodgorliklari ham saqlanmoqda — bular Mugʻ togʻidan topilgan, VII—VIII asrlar sanasi qoʻyilgan teridagi yozuv namunalaridir.
VIII asrning oxiri — IX asr boshidan Movoraunnahr shaharlarida sirlangan sopol idishlari paydo boʻladi va keng yoyiladi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- muzey
- Qurilgan
- 1896-yil
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati tarixi davlat muzeyi (uz.wikipedia.org), 4-dekabr, 2024 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


%2520at%2520the%2520entrance%2520to%2520the%2520Panjab%2520Shia%2520Mosque%2520in%2520Samarkand.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)


2.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)