Sulton Sanjar maqbarasi

Hergit · CC BY-SA 3.0

Rashid Al-Din · Public domain

Sergei Prokudin-Gorskii · Public domain

Sulton Sanjar maqbarasi - Marv (Turkmaniston)dagi meʼmoriy yodgorlik (XII asr 40y.lari). Meʼmori Muhammad ibn Otsiz as Saraxsiy. Sulton kalʼa markaziga joylashgan. Sulton Sanjar (1157 yilda vafot etgan) maqbarasi bizgacha haroba holda yetib kelgan. Maqbara murabba tarhli (tashqarisi 27×27 m, ichkarisi 17×17 m). Xona bal. 36 m (ichki gumbazgacha, tashqi gumbaz saqlanmagan). Mahobatli toʻrtburchak devor (bal. 15 m, kalinligi 5 m) ustiga 8 qirrali poygumbaz (qalinligi 1,5 m) oʻrnatilgan. Poygumbaz 3 pogʻonali. 1pogʻonasi 4 tomondagi ravoklarga tayangan, 2pogʻonasidagi mayda ravoqchalar 6 qirrali, 3pogʻonasi ustiga gumbaz oʻrnatilgan. Maqbara ichki devorlarida oq, koʻk va qizil rangli boʻyoqlar saqlangan. Nozik islimiy naqshlar bilan bezatilgan devor tepasida yozuvlar, sharqiy gumbazga ishlangan ganchkor naqshlar zaminida meʼmor nomi qayd etilgan. Maqbaraga Saljuqiylar saroyi va masjid tutash boʻlgan. Sulton Sanjar maqbarasiga turli urushlar koʻp putur yetkazilganiga qaramay, oʻz mahobatini yoʻqotmagan. 1980-yilda qayta tiklangan.

Qisqa ma’lumot

Turi
tomb, Mavzoley
Qurilgan
1157-yil
Me’moriy uslub
Seljuk architecture
Material
Gʻisht
Balandligi
38 m

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 37.664300, 62.163700Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Sulton Sanjar maqbarasi (uz.wikipedia.org), 21-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.