Xotira va qadrlash maydoni

Post of Uzbekistan · Public domain

Yunuskhuja Tuygunkhujaev · CC BY-SA 4.0

Presidential Press and Information Office · CC BY 4.0

Xotira va qadrlash maydoni – Toshkentdagi Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan oʻzbek askarlariga bagʻishlangan maydon va urush yodgorligi. Mustaqillik maydoni yaqinida joylashgan. U Toshkent shahridagi meʼmoriy majmua hisoblanadi.

Tarixi

Yodgorlik Sovet davrida Volgogradskaya (hozirgi Chapanata) va Shota Rustaveli (hozirgi Usmon Nosir) koʻchalari chorrahasida ochilgan boʻlib, Nomaʼlum askar haykali atrofida oʻrnatilgan. Yodgorlik Oʻzbekiston SSRdan boʻlib, Moskva uchun boʻlgan jangda halok boʻlgan va keyinchalik Toshkentda qayta dafn etilgan nomi nomaʼlum harbiy askarning qabri ustiga oʻrnatilgan. Germaniya fashistlari ustidan qozonilgan Gʻalabaning 30 yilligiga bagʻishlangan yodgorlikning ochilishi 1975-yil 7-mayda boʻlib oʻtgan.

Yodgorlik oldiga Mangu alanga oʻrnatilib, Oʻzbekiston ramzi va Rossiya ramzi boʻlgan archalar oʻtqazilgan.

1999-yilda keng koʻlamli rekonstruksiyadan soʻng yodgorlik oʻzining zamonaviy qiyofasini olgan.

Tavsifi

Yodgrlikning markazi haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yaratilgan „Motamsaro ona“ haykali hisoblanadi. Haykal oldida Mangu alanga joylashgan. Ularning atrofida qalqonlar oʻrnatilgan boʻlib, ularga Ulugʻ Vatan urushi frontlaridan qaytmagan oʻzbekistonlik askar va ofitserlarning ismlari oʻyib yozilgan.

Jabborovning soʻzlariga koʻra, haykalning asl nomi haykaltaroshning onasi sharafiga „Kutayotgan ona“ edi. Uning katta oʻgʻli (Jabborovning akasi) frontga chaqirilib, u yerda bedarak yoʻqolgan.

Yodgorlik Ulugʻ Vatan urushi yillarida Vatan uchun jon fido qilgan 400 ming oʻzbek askariga bagʻishlangan.

Maydon 1999-yilda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov rahbarligida barpo etilgan. Mustaqillik maydonining shimolidagi xiyobonda, mangu alanga yodgorligi atrofida joylashgan boʻlib, maydon kengligini davom ettirib turadi. Maydonning toʻriga Motamsaro ona haykali oʻrnatilgan (haykaltarosh Ilhom Jabborov). Xiyobonning uzunligi 60 m, uning shimol va janub tomonida ayvonlar qad koʻtargan, ayvonlar tokchalariga oʻrnatilgan metall taxtalarga Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan oʻzbekistonlik barcha jangchilarning ism sharifi bitilgan. Ayvonlar milliy anʼanaviy meʼmorlik uslubida ustunli, vassa juftli qilib qurilgan. Majmuani bunyod etishda va oʻymakorlik bilan jozibador bezashda quyidagi ustalar: Abdugʻani Abdullayev (Qoʻqon), Hayitmat Bogʻbekov (Xorazm), Hasan Odilov, Sirojiddin Rahmatullayev (Toshkent), Nasrullo Sohibnazarov (Samarqand), Y. Toʻlaganov (Andijon) shogirdlari bilan birgalikda qatnashgan (xuddi shunday meʼmoriy inshootlar respublika viloyatlarining markazlarida ham bunyod etilgan).

Marosimlari

Yodgorlik marmar parapet bilan oʻralgan boʻlib, unda „Doim qalbimdasan, jigarim“ deb yozilgan. Yodgorlik majmuasi har yili 9-may kuni boʻlib oʻtadigan parad marosimlarining markaziga aylangan. Har yili 9-may kuni Oʻzbekistonda Xotira va qadrlash kuni keng miqiyosda nishonlanadi. Yodgorlik yonida faxriy askarlar safi tuzilib, gullar qoʻyiladi.

Qisqa ma’lumot

Turi
tomb of the unknown soldier, tomb, eternal flame
Qurilgan
1975-yil 7-may
Muallif
Ilhom Jabborov
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.318250, 69.269472Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xotira va qadrlash maydoni (uz.wikipedia.org), 6-yanvar, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.