Valadi Yanich masjidi

Sait Can Kutsal · CC BY-SA 4.0

Sait Can Kutsal · CC BY-SA 4.0

Sait Can Kutsal · CC BY-SA 4.0

Valadi Yanich masjidi (turkcha: Veled-i Yaniç Camii) – Usmoniylar masjidi. Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan boʻlib, bugungi kunga qadar foydalanilmoqda. Kirish eshigi tepasida joylashgan yozuvga koʻra, 1440-yilning iyulida Mahmud Chalabiy tomonidan qurilgan. Ilk Usmoniylar meʼmorchiligiga oid bino hisoblanadi.

Masjid sakkiz burchakli gumbaz bilan qoplangan. Masjidning qiziqarli minorasi boʻlib, u ilgari cherkov qoʻngʻirogʻi deb taxmin qilingan. Darhaqiqat, masjid meʼmorchiligida bunday turdagi minora namunalari uchramaydi. Minoraga besh pogʻonali zinapoya orqali koʻtarilish mumkin. Minora masjiddan taxminan 10 metr uzoqlikda joylashgan.

Valadi Yanich asl ismi Mahmut boʻlgan soʻfiy edi. Otasining ismi Hoji Hayruddin boʻlgan va Murod I va Yildirim Boyazidlar davrida davlat xizmatida ishlagan. Usmoniylar davlati qoʻmondonlaridan biri, Anqara jangida ham ishtirok etgan. Hoji Hayruddin 1450-yillarda vafot etgan va oʻz nomi bilan mashhur masjid hovlisiga dafn etilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.185000, 29.056417Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Valadi Yanich masjidi (uz.wikipedia.org), 25-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.