Yashil maqbara
Yashil maqbara (turkcha: Yeshil Türbe) – Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan beshinchi Usmoniylar sultoni Mehmed I ning maqbarasi. 1421-yilda sulton Mehmed I vafot etganidan soʻng uning oʻgʻli va vorisi Murod II tomonidan qurdirilgan. Meʼmor Hoji Ivaz posho maqbara va uning roʻparasidagi Yashil masjid loyihasini ishlab chiqqan.
Sultonning tobutidan tashqari u yerda yana 7 ta qabr bor. Ular sulton Mehmedning oʻgʻillari Mustafo, Mahmud va Yusuf, qizlari Selçuk, Oysha va Sitti hamda uning sut onasining qabrlaridir.
Meʼmorchiligi
Bursaning Yeşil mahallasidagi tepalik choʻqqisida, sarv daraxtlari orasida joylashgan bu maqbara majmuaning boshqa qismlaridan balandroqda joylashgan. U olti burchakli reja asosida qurilgan va yarim sharsimon gumbaz bilan yopilgan. Maqbaraning tashqi tomoni yashil-moviy koshinlar bilan qoplangan. Shu sababli ham unga Yashil maqbara deb nom berilgan. 1855-yilda Bursada sodir boʼlgan zilziladagi shikastlanishdan soʻng koshinlarning aksariyati zamonaviy Kütahya koshinlariga almashtirilgan. Kirish eshigining ikki tomonidagi marmar oʻrindiqlar ustida muqarnasli kichik oʻyiqlar bor. Peshtoqni koʻk, oq va sariq rangdagi gul naqshli Iznik koshinlari bezab turadi.
Ichkarida oʻyma yogʻoch eshiklardan oʻtilgach, markazdagi balandlikda sultonning tobuti, uning atrofida esa yana 7 ta qabr joylashgan. Tobut yozuvlar va sariq, oq hamda koʻk rangdagi gul naqshlari bilan bezatilgan sirlangan koshinlar bilan boy tarzda bezalgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Mavzoley, türbe
- Qurilgan
- 1421-yil
- Me’mor
- Hoji Evaz Posho
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Material
- glazed brick
- Balandligi
- 15 m
- Tarkibiy qismi
- Complex of Mehmed I
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Yashil maqbara (uz.wikipedia.org), 17-mart, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.




.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)