Ambaras masjidi
Ambaras masjidi, shuningdek, Mir Jaʼfar Aʼlo masjidi yoki Yuqori Ambaras masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Ozarbayjonning Ordubod shahrida joylashgan XVII asrga oid sunniy masjid, meʼmoriy yodgorlik.
Masjid 2001-yil 2-avgust sanasida Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga gea koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan. Keyinchalik, Naxchivon Muxtor Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 98-sonli qaroriga binoan Ambaras masjidi respublika ahamiyatiga molik meʼmoriy yodgorlik sifatida tasniflangan. Masjid „Ordubod“ davlat tarixiy-madaniy qoʻriqxonasi hududida joylashgan.
Tarixi
Yuqori Ambaras masjidi Ordubod shahrining Ambaras mahallasida joylashgan. Masjid qurilgan aniq sana nomaʼlum. XIX asrdagi taʼmirlash ishlari vaqtida masjid shiftiga yogʻochga qora siyoh bilan yozilgan bitik qoʻyilgan.
Bitikka koʻra, XIX asrda masjid „Aʼlo Mirzo Jaʼfar masjidi“ deb atalganidan dalolat beradi. Masjid dastlab XVII asrda Aʼlo Mirzo Jaʼfar ismli shaxs tomonidan qurilgani taxmin qilinadi. Shu sababli, masjid „Aʼlo Mirzo Jaʼfar“ yoki „Mir Jaʼfar Aʼlo“ masjidi nomlari bilan ham maʼlum.
Masjid fasadi temir va gʻishtdan, ichki qismi esa tosh va gʻishtdan qurilgan. Shiftni 6 ta ustun koʻtarib turadi. Ikkinchi qavat ayollar ibodat qilishi uchun moʻljallangan.
Sovet bosqini davrida
Ozarbayjon Sovet bosqiniga uchraganidan soʻng, 1928-yilda rasmiy ravishda dinga qarshi harakat boshlandi. Oʻsha yil dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy maqsadlarda madaniyat uylari tasarrufiga topshirdi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1700 ta, 1928-yilda 1369 tag va 1933-yilga kelib atigi 17 tani tashkil qilgan. Shu davrda Yuqori Ambaras masjidi ham oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Mustaqillikdan soʻng
Ozarbayjon mustaqilligini tiklaganidan soʻng, 2001-yil 2-avgust sanasida Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan masjid mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi. Keyinchalik, 2007-yil 21-noyabrdagi Naxchivon Muxtor Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 98-sonli qaroriga muvofiq, Ambaras masjidiga respublika ahamiyatiga molik yodgorlik maqomi berildi.
2024-yilda bu hududda „Ordubod“ davlat tarixiy-madaniy qoʻriqxonasi tashkil etildi. Ordubod tumanida joylashgan 299 ta yodgorlikning 200 dan ortigʻi, jumladan, Yuqori Ambaras masjidi ham qoʻriqxona hududida joylashgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid
- Me’moriy uslub
- Architectural school of Nakhchivan, Islom arxitekturasi
- Meros maqomi
- cultural heritage monument in Azerbaijan
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ambaras masjidi (uz.wikipedia.org), 18-dekabr, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.


.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)

