Zal Mahmud posho masjidi
Zal Mahmud posho masjidi (turkcha: Zal Mahmut Paşa Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, Eyüp (talaffuzi: Eyup) tumanida joylashgan. Yodgorlik imperator meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan va 1590-yilda qurib bitkazilgan.
Tarixi
Zal Mahmud posho masjidi binosi Shah Sulton va uning ikkinchi eri bosniyalik vazir Zal Mahmud posho tomonidan birgalikda vaqf qilingan. Ularning ikkalasi ham 1580-yilda vafot etgan. Shah Sulton Salim II va uning rafiqasi Nurbanu Sultonning qizlaridan biri boʻlgan. 1574-yilda Shah Sultonning birinchi turmush oʻrtogʻi vafot etadi, shundan soʻng u 1553-yilda Sulaymon I buyrugʻi bilan Salim II ning oʻgay akasi va Sulaymonning toʻngʻich oʻgʻli Shahzoda Mustafoni boʻgʻib oʻldirgan Zal Mahmud poshoga turmushga chiqadi.
Masjid loyihasi imperator arxitektori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish ishlari 1577-yilda boshlangan, ammo Sinon vafotidan ikki yil oʻtib, 1590-yildagina qurilish oʻz nihoyasiga yetgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Jome masjid, Masjid, historic building
- Qurilgan
- 1590-yil
- Me’mor
- Xoʻja sinon
- Me’moriy uslub
- Ottoman architecture
- Joylashgan hudud
- Marmara Region
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Zal Mahmud posho masjidi (uz.wikipedia.org), 3-fevral, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





