Zarafshon davlat qoʻriqxonasi

Nikolai Bulykin · CC BY-SA 4.0

Екатерина Борисова · CC BY-SA 4.0

Мухаммадсолех Оев · CC BY-SA 4.0

Zarafshon davlat qoʻriqxonasi — Samarqand viloyati (Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻi) hududidagi qoʻriqxona. 1975-yilda tashkil qilingan. Qoʻriqxona maydoni 2352 gektar, shu jumladan oʻrmonzorlar bilan qoplangan maydoni 868 gektar. Samarqand shahridan 5 km janubi-sharqda joylashgan. Qoʻriqxona hududi daryo sohili boʻylab eni 150 m dan 1400 m gacha boʻlgan 35 km masofaga choʻzilgan. Asosiy vazifasi — toʻqay oʻsimliklari va hayvonot olamiga mansub tabiiy muhitni, noyob va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va hayvonlar genofondini saqlash, oʻrganish hamda tiklashdan iborat. Qoʻriqxona iqlim sharoitlari kontinental subtropiklarga xos. Havo harorati yozda +40° ga yetadi, qishda —27° gacha pasayadi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 100–400 mm. Oʻsimlik dunyosi terak, tol, jiyda, chakanda kabi daraxt, buta va oʻt toʻqayzorlardan iborat. Qoʻriqxona hududida oʻsimliklarning 266, qushlarning 172, baliklarning 8 turi uchraydi. Qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli muhofaza qilinadi va uni kataklarda boqib koʻpaytirish masalalari oʻrganilgan. 1996-yildan qoʻriqxonada Badaytoʻqay va Qizilqum qoʻriqxonalaridan keltirilgan 6 bosh buxoro bugʻusi (xongul)ni iqlimlashtirish boʻyicha ishlar olib boriladi. 1998-yilda ulardan birinchi nasl olindi va bu noyob hayvonni koʻpaytirish ishlari davom etmoqda. Boris Dyakin.

Qisqa ma’lumot

Turi
protected area
Qurilgan
1975-yil 11-may
Maydoni
24,26 km²

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.605833, 67.189167Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Zarafshon davlat qoʻriqxonasi (uz.wikipedia.org), 6-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.