Mirzo Ulugʻbek memorial muzeyi

Bgag · CC0

Bobyrr · CC BY-SA 4.0

ShHamrayev · CC BY-SA 4.0

Mirzo Ulugʻbek memorial muzeyi — Oʻrta asrlarda yashab oʻtgan atoqli Oʻrta Osiyo davlat arbobi, matematik, astronom va shoir Mirzo Ulugʻbek va mintaqaning tarixiy astronomiyasiga bagʻishlangan muzey. Samarqandda Ulugʻbek rasadxonasi roʻparasida joylashgan. Muzeyning oʻng tomonida, quyiroqda yulduzli osmon tasvirlangan Ulugʻbek haykali qad rostlab turibdi.

Muzey Oʻzbekistonda Sharof Rashidov davrida 1964-yilda ochilgan. Uning loyiha muallifi arxitektor A.Boboxonov sanaladi. 2010-yilda Ulugʻbek rasadxonasi, muzey va yaqin atrofdagi tarixiy obidalarni keng koʻlamli kapital taʼmirlash va qayta tiklash ishlari amalga oshirildi.

Muzey Mirzo Ulugʻbek hayoti va ijodi, ilmiy izlanishlari, oʻsha davr astronomiya va matematikasi haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari muzeyda tarixiy astronomiya va riyoziyot asbob-uskunalari, asboblarini koʻzdan kechirish mumkin. Mazkur muzeyda tarixiy kitoblar hamda qoʻlyozmalar, rasadxona va uning atrofidagi hududlar xarobalari, jumladan Afrosiyobdan topilgan eksponatlar, Samarqand va Oʻzbekistonning boshqa bir qator meʼmoriy yodgorliklarining kichraytirilgan maketlari, jumladan Buxoro va Shahrisabzning ayrim meʼmoriy yodgorliklari va boshqa eksponatlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Qisqa ma’lumot

Turi
muzey
Qurilgan
1964-yil

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 39.675280, 67.005560Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Mirzo Ulugʻbek memorial muzeyi (uz.wikipedia.org), 19-iyun, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.