Zeynep Sultan masjidi

Uğur Başak · CC BY-SA 3.0

User:Darwinek · CC BY-SA 3.0

Dosseman · CC BY-SA 4.0

Zeynep Sultan masjidi (turkcha: Zeynep Sulton Camii) – 1769-yilda Ayazma masjidi meʼmori Mehmet Tohir ogʻa tomonidan Ahmad III ning qizi Zeynep Sulton uchun qurilgan masjid. Inshoot oʻzining meʼmoriy uslubi va qurilishida ishlatilgan materiallar bilan Vizantiya cherkovlarini esga soladi.

Tarixi

Zeynap Sulton masjidi Istanbul shahri Alemdar Caddesi koʻchasi, Gülhane bogʻi (talaffuzi: Gulhane bogʻi) qarshisida, Sofiya ibodatxonasidan unchalik uzoq boʻlmagan hududda joylashgan boʻlib, shahar boʻylab harakatlanadigan tramvaydan koʻrinib turadi. Masjidning orqa tomonida bir vaqtlar maktabxona, hozir esa boshlangʻich maktab sifatida foydalanilayotgan bino bor. Avvallari sevil sifatida ishlatilgan, Hamidiye bulogʻi (turkcha: Hamidiye Çeşmesi) nomi bilan ham tanilgan qism hozirda yopib tashlangan. Masjid roʻparasida favvora joylashgan boʻlib, ushbu favvora aslida Abdulhamid I kulliyasining bir qismi boʻlgan. Bu yerga esa 1920-yillarda olib kelingan.

Usmonli imperiyasining harbiy qahramonlaridan biri Alemdar Mustafo poshoning qabri masjidning hazîresida (masjidlarda panjaralar bilan oʻralgan qabr) joylashgan, yoʻl qurilishi tufayli Zeynep Sultonning qabri yertoʻlada saqlanmoqda. Selim III ning sadr vaziri va Zeynep Sultonning ikkinchi turmush oʻrtogʻi Melek Mehmet poshoning (faoliyat yillari: 1792–1794) qabri ham masjid hazîresida saqlanadi. Zeynep Sultonning birinchi turmushidan Mahmud Dramali posho ismli oʻgʻli boʻlgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Qurilgan
1769-yil
Me’mor
Mimar Mehmet Tahir
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region
Nomi kimdan/nimadan
Zaynab Sulton

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.010074, 28.978415Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Zeynep Sulton masjidi (uz.wikipedia.org), 3-fevral, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.