Ala masjidi
Ala masjidi (turkcha: Ala Camisi) – Turkiyaning Osmoniye viloyati, Kadirli shahridagi tarixiy masjid.
Ala masjidi Usmoniya viloyatining Kadirli ilchesida (tuman) joylashgan. Masjidning sharqiy qismida Rim imperiyasi davriga oid qadimiy qabriston joylashgan.
Ushbu bino dastlab V asrda qurilgan Vizantiya cherkovi va monastiri boʻlgan. Shahar 1489-yili Dulkadiriy Qosimbey tomonidan bosib olingach, bino masjid va madrasaga aylantirilgan. Dulkariylar tomonidan binoga qoʻshimcha ravishda mimbar va minora qoʻshilgan. Masjid dastlab Qosimbeyning otasi Alaüddevle Bozkurt sharafiga Alaüddevle Mescit deb nomlangan. Keyinchalik bu nom qisqartirilib Ala masjidi deb nomlangan. XIX asrda Ala masjididan Usmoniylar armiyasi ombori sifatida foydalanilgan, 1865-yildan keyin esa masjid sifatida qayta tiklangan. 1924-yilda Turkiya Respublikasi davrida bino tashlab ketilgan. 2012-yildan boshlab esa restavratsiya qilinib, 2020-yilning iyul oyida taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Richard Batlissning soʻzlariga koʻra, binoning ilk marotaba qurilgandagi oʻlchamlari 33 m × 19.5 m (108 ft × 64 ft) boʻlgan.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- Masjid, former church building
- Joylashgan hudud
- O'rta Yer dengizi mintaqasi
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Ala masjidi (uz.wikipedia.org), 28-fevral, 2025 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.





