Aleksandriya esxata

No machine-readable author provided. World Imaging assumed (based on copyright claims). · Public domain

PHG · Public domain

World Imaging · Public domain

Aleksandriya esxata, Chekka Iskandariya – Aleksandriya yurishlari davrida istilo qilingan mamlakatlarda qurdirgan 70 dan ortiq shahardan biri. Hozirgi Xoʻjand shahri oʻrnida boʻlgan. Arrian va Kvint Kursiy Rufning yozishicha, Aleksandr Marokandani zabt etgach, Tanais (Sirdaryo) boʻyiga kelib, qoʻshiniga dam beradi. Shunda u qoʻshin joylashgan yer atrofini devor (uzunligi 60 stadiy, 1 stadiy – 176,6 m) bilan oʻrab bir shahar qurishni amr qiladi. Chunki bu shahar uning skif (sak) larga qarshi urushlarida mudofaa uchun zarur edi. Shahar shu qadar tez bunyod etiladiki, hatto 17 (yoki 20) kun deganda mudofaa inshootlari va turar joylar ham qurib bitkaziladi. Aleksandr bu shaharni ham oʻz nomi bilan atashni buyurib, unga ellin asirlari va urushga yaroqsiz boʻlib qolgan makedon askarlarini joylashtiradi. Soʻng oʻz odatiga binoan tangrilarga qurbonliklar qilib, katta tantana uyushtiradi.

Qisqa ma’lumot

Turi
ancient city
Nomi kimdan/nimadan
Aleksandr

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.286111, 69.617222Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Aleksandriya Esxata (uz.wikipedia.org), 6-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.