Otaturk uy-muzeyi
Otaturk uy-muzeyi, Mustafo Kamol Otaturkning 1921-1932-yillarda yashagan Anqaradagi uyida tashkil qilingan muzey. Ushbu bino 1921-yil boshlarida Anqara muftiysi Rıfat Börekçi boshchiligida anqaraliklar nomidan Otaturkka sovg‘a qilingan¹. 1923-yil Otaturk Latifa xonim bilan turmush qurgach ularga bu uy kichkinalik qilishni boshlaydi, shundan keyin mavjud bino yonidan ikki qavatli yangi bino qurilib, uy kengaytirilgan. 1926-yil Otaturkning asrab olgan farzandlari uchun oltita xona qo‘shilgan. Otaturk vafotidan keyin 1950-yilda muzey sifatida faoliyatini boshlagan. Muzey Dahliz, Yashil zal, Ovqatlanish xonasi, Elchilar qabul qilingan zal, Ikkinchi qavatdagi xoll, Kutubxona, Shaxsiy xona, Yotoqxona, Hammom, Mehmonlar uchun yotoqxona, Taqdimot zalidan iborat. Haftaning dushanba kuni muzey yopiq bo‘ladi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- historic house museum, historic building, konak
- Qurilgan
- XIX asr
- Muhim voqea
- renovation
- Joylashgan hudud
- Markaziy Anadolu mintaqasi
- Nomi kimdan/nimadan
- Mustafa Kemal Atatürk
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Otaturk uy-muzeyi (uz.wikipedia.org), 7-fevral, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.



