Boku otashgohi

Jesper Ahlin Marceta · CC BY-SA 4.0

Not home · Public domain

Nick Taylor · CC BY 2.0

Boku otashgohi (ozarb. Bakı atəşgahı) — Ozarbayjondagi hindlarning otashparastlar ibodatxonasi Apsheron yarimorolida, Boku markazidan 30 kilometrda Suraxan tumanida Suraxan qishlogʻi chetlarida joylashgan, turli davrlarda zardushtiyaliklar, hindlar hamda sikxlar sigʻingan. XVII — XVIII asrlarda „mangu“ oʻchmaydigan olovlar joyida — tabiiy gazning yonib chiqishi sababli ibodatxona „Otashgoh“ deb ataladi, bu „Olov uyi“, „Olov joyi“ maʼnosini bildiradi.

Meʼmoriy kompleksi olti qirrali tishli tashqi devor bilan chiqish portalidan iborat, hovli makazida toʻrt qirrali asosiy ibodatxona — mehrob qad koʻtargan, bu otashparastlarning ziyorat joyi boʻlgan. Kirish poratalida Apsheronda anʼanaviy boʻlgan mehmonxona (balaxan) boʻlgan.

Ibodatxona majmuasi qurilishi 1713-yilga mansub. Ibodatxona oldindan mavjud boʻlgan va oʻzining birlamchi rejalarini saqlab qolib bizning vaqtgacha yetib kelgan. Mehrob olovi Ozarbayjon hududida midiya davridan keng tarqalgan mehroblar qurilishini qadimgi anʼanalarini aks ettiradi. Olov mehrobi rejasi toʻrt ustun toʻrtburchaklar va gumbaz bilan yopilgan va toʻrt tomonga ochiq markaziy joyli anʼanaviy koʻrinishga egaligi shu yerdan kelib chiqqan.

Ozarbayjon prezidenti farmoniga koʻra ochiq osmon ostidagi muzey Davlat tarixiy- meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. Muzeyga tshrif buyurganlarning soni yiliga oʻrtacha 15000 kishini tashkil etadi.

1998-yilda Boku otashgohi Umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun YUNESKO ga taklif etilgan.

III—XVII asrlar

Kavkazortida Zardushtiylik otashparastligi haqida eng erta maʼlumotlar, bu yerda otashparastlik ibodatxonalariga asos solgan Sosoniylar davriga mansub. Olib mobed Kartirning (III asr) „Kaaba Zoroastr“ dagi yozuvidan u Kavkazortidagi muqaddas olovlarni bagʻishlagani va ularga xizmat qilish uchun ruhoniyni tayinlagani aniqlangan "….Albamiya va Balasakan mamlakatlarigacha… Alban darvozalarigacha.. oʻsha mamlakatlarda boʻlgan afsungarlar va olovlarni, men boshqardim, talon tarojlik va kamsitilishga yoʻl qoʻymadim, ulardan olib qoʻyilgan har narsani men qaytarib berdim; men ularni oʻz oʻlkamga olib keldim, men yaxshi afsungarlarga ishonaman va ularni eng uligʻ qildim va ardoqladim ".

Moisey Xorenskiy ni Bagavan viloyatini tariflaganida Shohinshoh Ardashir I (227—241) tomonidan Bagavanda otashparastlik ibodatxonalarini tashkil etgani haqida qayd qilingan.

624 yilda imperator Irakliy Bokuga bostirib kiradi va forsiylar yonayotgan gazga sigʻingan koʻpgina ibodatxonalarni vayron qiladi.

Gevond (VIII asr) oʻchmas olovlar yongan Atshi-Baguan shahrini qayd etgan. Ayrim tatdqiqodchilarning fikricha Atshi bu — „Atash“ (olov) ning oʻzgargan nomi, Atashi-Baguan — „muqaddas olovlar joyi“, yaʼni hozirgi Boku joylashgan joy nazarda tutilgan. 930 yilda Istaxri „Yoʻllar va mamlakatlar kitobida“ Boku yaqinida aholisi zardushtiylar boʻlgan qishloqlar mavjud deb yozadi. Bu maʼlumotni arab geografi Abulfeda ham taʼkidlagan. Gruzin „Kartlis Tsxovreba“ yilnomasida Boku XIII asrgacha Bagavan deb atalgan.

1683-yilda Suraxani qishlogʻiga kelgan nemis sayohatchisi Kempfer Apsheronda toʻrtta sigʻinadigan olovli chuqurlar haqida takidlagan..

XVII—XVIII asrlar

Taxminan XV-XVI asrlardan Shirvonni Hindiston bilan diplomatik hamda savdo aloqalari kengayadi. Shimoliy Hindistonlik savdogarlar — toshlar va ziravorlar sotuvchi va shivaizm va monnas sikx sektasi tarafdorlari hisoblangan savdogarlar hisobiga Suraxan yonidagi otashparastlik joyi tiklanib hindlar va sikxlar ibodatxona sifatida foydalanilgan. XVII asrda manbalarga koʻra, olovga sigʻinish uchun Bokuga kelgan hind ziyoratchilari tashrif buyurgan. Ibodatxonaning eng birinchi qurilmasi 1713-yilga mansub. Eng kech qurilmalarga 1810-yilda Kanchanagar sotuvchisi hisobiga qurilgan deb yozilgan yozuvga asosan markaziy ibodatxona — mehrob kiradi.

XVIII asr davomida muqaddas qadamjolar atrofida ibodatxona, hujra, karvon — saroylar qurilgan. Yodgorlik hujralarida toshiga koʻra turli xil yozuvlar mavjud, ular hind — davanagari va gumruki yozuvlarida bajarilgan. XIX asrning boshlarida ibodatxona bizgacha yetib kelgan koʻrinishga ega edi. Mahalliy meʼmorchilik anʼanalarida qurilgan Otashgoh qadimgi olov mehroblari hususiyatlarini oʻz ichiga olgan. Bu besh burchakli qurilma tishli tashqi devor va kirish portaliga ega. Ichki hovli markazida asosiy ibodatxona — mehrobining toʻrtburchakli rrotondasi qad koʻtargan. Kirish portali ustida Apsheronda anʼanaviy mehmonxona — „balaxan“ tashkil etilgan.

Ibodatxona — muqaddas joy yaqinida hozirda toshlar bilan koʻmilgan, avval esa muqaddas olovda oʻlgan hindlarning tanalari yoqilgan toʻrtburchakli chuqur joylashgan. Otashgohda yashagan, onʼgga yaqin darveshlar olovga sigʻingan, oʻz tanasini qiynoqlarga solib ruxini tozalab asketik hayot tarzini olib borishgan. Ular vazni 30 kilogacha yetadigan zanjirlarni oʻziga osgan, badanining ayrim qismlari oʻlmagunicha oʻchmagan kuya ustida yotishgan. Ular ishlamagan va hind savdogarlari sadaqalari hisobiga yashashgan. Darvishlar odam ruhi oʻlganidan soʻng qayta tugʻilib Yerga qaytisihiga ishongan. Qay koʻrinishda qaytishi esa, amaldor odam yoki biron bir hayvon koʻrinishidaligi yaxshi va yomon qilgan ishlariga bogʻliq.

Bundan tashqari, hindi va sikxlardan tashqari ibodatxonada zardushtiylar ham (fors va gebrlar) boʻlgani haqida bir qator maʼlumotlar mavjud. XVII asrning 60 yillarida Sharden Shemaxidan ikki yoʻl narida, yaʼni Apsheron yarim orolidagi mangu yonuvchi olovga sigʻinadigan fors — gebrlar haqida maʼlumot bergan.

1683-yilda Suraxaniga kelgan E.Kempfer otashparastlar orasida Hindistonga koʻchgan ikkita forslar avlodi mavjudligini yozadi, yaʼni ularni forsiylar deb ataydi.

1689-yilda Ozarbayjonda yashagan fransuz iezuiti Villot, Otashgohga qadimgi forslarning avlodi hind va gebrlar sigʻinadi deb yozadi.

1733-yilda ibodatxonaga kelgan nemis sayohatchisi Lerx bu yerda otashparastlardan 12 gebr yoki qadimgi forsiy bor deb yozgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
bino, religious object, muzey
Qurilgan
1745-yil
Me’moriy uslub
Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
Tentative World Heritage Site

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.415556, 50.008611Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Boku otashgohi (uz.wikipedia.org), 10-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.