Burmalı masjidi

vlyalcin · CC BY-SA 4.0

roger4336 · CC BY-SA 2.0

Sandstein · CC BY-SA 3.0

Burmalı masjidi (turkcha: Burmalı Mescit yoki Burmalı Minare Camii; „Burama minorali masjid“ degan maʼnoni anglatadi) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Şarachane (talaffuzi: Sharachane) bogʻida joylashgan XVI asrga oid Usmonli masjidi.

Arxitekturasi

1550-yilda Misr kazaskeri (Usmonli imperiyasi davrida bosh sudya) Emin Nuretti afandi aylana shaklidagi (burmalı) gʻishtli minora qurdirgan boʻlib, bino saljuqiylarning Istanbulda bunyod ettirgan noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Masjid gumbazli uslubda qurilmagan, biroq ayvonli boʻlib, Vizantiya meʼmorchiligiga oid korinf orderi asosida bunyod etilgan tosh ustunlariga tayanadi. Masjidga kirish qismi anʼanaviy usulda, yaʼni markazdan tashqarida, ustun orqasida joylashgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid, historic building
Qurilgan
1550-yil
Me’moriy uslub
Ottoman architecture
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.014600, 28.956300Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Burmali masjidi (uz.wikipedia.org), 22-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.