Dolmabahçe saroyi

Konstantin Cretius · Public domain

Diego Delso · CC BY-SA 4.0

flowcomm · CC BY 2.0

Dolmabahçe saroyi (turkcha: Dolmabahçe Sarayı) – Istanbulning Beshiktosh hududida 250 000 m² maydonda, Kabatoshdan Beshiktoshgacha va Bosforga choʻzilgan Dolmabahche koʻchasi oʻrtasida joylashgan Usmonlilar davriga oid saroy. U Marmara dengizidan Bosforga kiraverishdagi chap qirgʻoqda, Üsküdar va Kuzguncuk qarshisida joylashgan. Saroy qurilishi sulton Abdulmajid I tomonidan amalga oshirilgan boʻlib, 1843-yilda boshlanib, 1856-yilda tugallangan. Bugungi kunda saroy muzey sifatida foydalanilmoqda.

Tarix

Bugungi Dolmabahçe saroyi joylashgan hudud Bosfor boʻgʻozining katta koʻrfazi boʻlib, u yerda toʻrt asr oldin Usmonli kemalari langar tashlagan qishloq mavjud boʻlgan. Anʼanaviy dengiz marosimlari oʻtkaziladigan bu koʻrfaz vaqt oʻtishi bilan botqoqqa aylangan. XVII asrda qum bilan toʻldirila boshlangan koʻrfaz sultonlarning dam olishi va hordiq chiqarishi uchun tashkil etilgan „hasbahçe“ga (hadayik-hassa) aylantirildi. Bu bogʻda turli davrlarda qurilgan saroylar va ayvonlar uzoq vaqt davomida „Beşiktaş Sahil Sarayı“ nomi bilan mashhur boʻlgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib turk meʼmorchiligida gʻarb taʼsiri sezila boshladi va „Turk Rokokosi“ deb nomlangan bezak uslubi neobarok uslubidagi qasrlar, ayvonlar va jamoat favvoralari qurila boshlandi. Sulton Salim III Bosfor boʻgʻozida gʻarb uslubidagi birinchi binolarni qurdirgan sulton edi. Sulton Beshiktosh saroyida meʼmor Antoine Ignace Melling tomonidan bir qasr qurdirtirgan va baʼzi binolarni kattartirgan. Sulton Mahmud II Toʻpqopi sohil saroyidan tashqari, Beylerbeyi va Chiragan bogʻlarida gʻarb uslubidagi ikkita katta saroy qurdirgan. Oʻsha davrlarda Topkapı saroyi butunlay boʻlmasa ham allaqachon tark etilgan deb hisoblangan. Mahmud IIning Beylerbeyidagi saroyi, Oʻrtakoʻydagi ustunli Chiragan qasri, eski Beshiktosh saroyi va Dolmabahchedagi saroylarlar fasllarga qarab oʻzgarib turardi. Otasi kabi Sulton Abdulmajid I ham „Yangi saroy“ga unchalik yuqori baho bermagan va faqat qish mavsumida u yerda bir necha oygina qolgan. Uning qirqdan ortiq farzandlarining deyarli barchasi Bosfor boʻgʻozidagi saroylarda tugʻilgan.

Sulton Abdulmajid I eski Beshiktosh saroyida bir muddat yashaganidan soʻng, mumtoz saroylar oʻrniga yashash, yozda dam olish, mehmonlarni kutib olish, davlat ishlarini yuritish maqsadida Yevropa rejasi va uslubida saroy qurishga qaror qildi. Abdulmajid boshqa shahzodalar kabi yaxshi taʼlim olmagan boʻlsa-da, zamonaviy gʻoyalarga ega sulton edi. Gʻarb musiqasini yaxshi koʻradigan va gʻarb uslubida yashagan sulton fransuz tilini yetarlicha bilardi. Sulton saroy qurilayotganda: „Bu yerda yomonlik va xunuklik taʼqiqlangan, bu yerda faqat goʻzal narsalar topilsin“, deb aytgani xabar qilinadi.

Bugungi Dolmabahche saroyi oʻrnida joylashgan qasrlarni buzish qachon boshlangani haqida aniq maʼlumot yoʻq. Taxminlarga koʻra, eski saroy hali ham 1842-yilda mavjud boʻlgan va yangi saroy qurilishi shu sanadan keyin boshlangan. Ammo, aytilishicha, ushbu sanalarda qurilish yerlarini kengaytirish maqsadida yaqin atrofdagi dalalar va qabristonlar sotib olingan va oʻzlashtirilgan. Turli manbalarda qurilishning tugash sanasi haqida turli xil sanalar berilgan. Biroq, 1853-yil oxirida saroyga tashrif buyurgan fransuz mehmonining hikoyalaridan bilamizki, saroyning bezaklari hali ham tayyorlanmoqda edi va mebellar hali joylashtirilmagandi.

Sulton Abdulmacid tomonidan qurilgan Dolmabahche saroyining old tarafi Bosforning Yevropa qirgʻogʻida 600 metrga choʻzilgan. U 1843-1855-yillar oraligʻida arman meʼmorlari Garabet Amira Balyan va uning oʻgʻli Nigogos Balyan tomonidan Yevropa meʼmorchiligi uslublari aralashmasi boʻlgan eklektik uslubda qurilgan. 1855-yilda toʻliq qurib bitkazilgan Dolmabahche saroyining ochilish marosimi 1856-yil 30-martda Rossiya imperiyasi bilan imzolangan Parij shartnomasidan keyin boʻlib oʻtdi. Hijriy 1272-yil shavvol oyining 7-kuni, milodiy 1856-yil 11-iyunda chop etilgan Ceride-î Havâdis gazetasida, saroyning 1856-yil 7-iyunda rasman ochilganligi yozilgan.

Sulton Abdulmajid I davrida uch million oltin tangaga ega boʻlgan saroy pullari Mâliye Hazinesiga oʻtkazilgach, quruvchilarga pullari dastlab oy boshida emas oy oʻrtasida, baʼzida oy oxirida berilgan. Ammo keyinchalik ahvol yanada ogʻirlashib, har 3-4 oyda quruvchilarning oyligi berilgan. Sulton Abdulmajid I 5,000,000 oltin tangaga baholangan Dolmabahche saroyida atigi 5 yil yashadi.

Usmonlilar imperiyasini butunlay iqtisodiy bankrotlik holatida oʻz qoʻliga olgan Sulton Abdulaziz I davrida 5,320 kishiga xizmat koʻrsatgan saroyning yillik xarajatlari 2 million funt sterlingni tashkil qilgan. Sulton Abdulaziz akasi Sulton Abdulmajid I kabi gʻarbga muxlis emas edi. Kamtarona turmush tarzini afzal koʻrgan sulton kurashga, xoʻroz urishtirishga qiziqar edi.

1876-yil 30-mayda Sulton Murod V saroydagi xonasidan Bâb-i Seraskerga olib ketildi va Serasker darvozasida (Universitet markaziy binosi) bay’at marosimi oʻtkazildi. Murod V Sirkejidan saltanat qayigʻi bilan Dolmabahchega qaytarilayotganda, bir vaqtning oʻzida tahtdan qulatilgan Sulton Abdulazizni boshqa qayiq bilan Topkapı saroyiga olib ketayotgan edilar. Saroyga olib kelingan Murod V uchun Mabeyn qismining yuqori qavatdagi stolida ikkinchi bay’at marosimi oʻtkazildi. Murod V dan keyin taxtga oʻtirgan sulton Abdulhamid II sharafiga shahar chiroqlar bilan yoritilgan boʻlsa, Dolmabahche saroyidagi faqat bir xonaning chiroqlari yoniq edi va sulton konstitutsiya matni ustida ishlayotgan edi. Suiqasddan shubhalangan Sulton Abdulhamid Dolmabahche saroyida oʻtirishdan voz kechdi va Yulduz saroyiga koʻchib oʻtdi. Sulton Abdulhamid Dolmabahche saroyida atigi 236 kun yashadi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Saroy
Qurilgan
1823-yil
Ochilgan
1856-yil
Me’mor
Garabet Amira Balyan, Nigoğayos Balyan
Me’moriy uslub
Barokko, Rococo, Neoklassik arxitektura, Ottoman architecture
Material
stone
Maydoni
45 m²
Joylashgan hudud
Marmara Region

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.039444, 29.001667Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Dolmabahçe saroyi (uz.wikipedia.org), 15-may, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.