Juma Masjidi

F.Higer · CC BY 3.0

Bobyrr · CC BY-SA 4.0

Muzaffar Murodovich · CC BY-SA 4.0

Xoʻja ahror valiy masjidi – Toshkent shahri Shayhontohur tumani XV asr) (Shayxontohur tumani, „Gulzor“ mahallasi, Haqiqat koʻchasi, 22) – meʼmoriy yodgorlik. Xoja Ahror qurdirgan, shaharning bosh jome masjidi boʻlgan, Usmon Qur’oni shu yerga keltirilgan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-yanvardagi farmoyishiga asosan masjid qayta tiklangan va 1998-yil 16-iyulda roʻyxatga olinib ishga tushirilgan. Masjid binosi 3000 namozxonga moʻljallangan. Asosan „Gulzor“ mahallasi, Chorsu bozoridagi sotuvchilarga xizmat koʻrsatadi. Maʼlumotlarga koʻra, masjid oʻz bagʻriga 2000 ziyod namozxonlarni sigʻdira oladi.

Tarixi

1875-yil chor maʼmurlari tomonidan buzib tashlangan. Usmon Qur’oni Samarqandga olib ketilgan. 1886-yil mahalliy aholi noroziligidan xavfsiragan chor maʼmuriyati masjid binosini qayta qurib bergan. 1999-yil masjid poydevorini buzish paytida uni shu yili qurilgani haqidagi yozuv topilgan. Ammo ruslar tomonidan bunyod etilgan bu inshoot masjid boʻlmay, kelgusida cherkovga moʻljallangan boʻlgan. Masjid binosi ichida mehrob oʻrniga ikona oʻrnatadigan xochchalar qilingan edi.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
2003-yil

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.323653, 69.237311Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Xoʻja Ahror Valiy jomeʼ masjidi (uz.wikipedia.org), 2-avgust, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.