Ukkosha masjidi

Janob Mirzaolim · CC BY-SA 4.0

Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0

Janob Mirzaolim · CC BY-SA 4.0

Ukkosha masjidi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (XV asr). Chorsuning janubi-sharqida, Chorsu mahallasi Samarqand Darvoza koʻchasida joylashgan. Ukkosha masjidi Toshkentning eng mashhur hamda suvi shifobaxsh hisoblangan qadimiy Ukkosha bulogʻi nomi bilan atalgan (Chorsu mehmonxonasi qurilishi munosabati bilan Chorsu jari yon bagʻrida joylashgan buloq berkitib tashlangan). Mezanali darvozaxona (XIX asr oxiri — XX asr boshi), hovli, gʻarbda gumbazli xonaqoh, unga tutash ayvon va peshayvondan iborat (peshayvon va hovlining sharqidagi darvozaxona XX asr oxirlarida qayta qurilgan). Xonaqoh devorlari qalin, 4 ravoqli. Gʻarbidagi ravoqqa mehrob ishlangan, qolgan ravoqlariga eshik oʻrnatilgan. Linga qismi boʻrtiqli, tashqi ravoq lingasi egri chiziqli. Gumbazi ravoqlarga tayangan. Gumbaz osti ravoqbagʻallari oʻziga xos. Ayvon ustunlari 4,8 va 16 qirrali, ustun koʻzagidagi madohillar nafis ishlangan. Ukkosha masjidi Xoja Ahror tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi.

Masjid 1991-yil may oyidan beri faoliyat yuritib keladi. 1998-yil 22-oktyabrda 107-sonli guvohnoma bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Hozirgi imom-xatibi Madaliyev Ilhomjon.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Meros maqomi
object of tangible cultural heritage of Uzbekistan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 41.320380, 69.232615Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Moʻyi muborak Ukkosha masjidi (uz.wikipedia.org), 21-iyul, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.