Hoji Majid afandi masjidi

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Yaxşı · CC BY-SA 4.0

Hoji Majid afandi masjidi –1866-yilda Ozarbayjonning Ismoyilli tumani Diyallı qishlogʻida bunyod etilgan masjid.

Masjid 2001-yil 2-avgust kunidagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

Hoji Majid afandi masjidi XIX asr oxirida Hoji Majid afandi tomonidan Diyalli qishlogʻida qurilgan. Hoji Majid afandi 1829-yilda Diyallıda tugʻilgan. U Istanbul, Bagʻdod va Tiranada diniy taʼlim olgan. Vataniga qaytgach, Shamaxi Juma masjidining bosh imomi, Shamaxi tumani qozisi va Boku viloyati musulmonlar majlisi raisi sifatida xizmat qilgan.

Ozarbayjon sovet ittifoqi tomonidan bosib olinganidan soʻng 1928-yilda mamlakatda dinlarga qarshi rasmiy kurash boshlandi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni maʼrifiy va madaniy maqsadlarda foydalanish uchun klublar tasarrufiga oʻtkazdi. 1917-yilda Ozarbayjonda qariyb 3 000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, bu raqam 1927-yilda 1 700 ta, 1928-yilda 1 369 ta, 1933-yilga kelib esa atigi 17 tani tashkil qilgan. Hoji Majid afandi masjidi ham shu davrda oʻzining diniy faoliyatini toʻxtatgan.

Mustaqillikdan keyin

Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, masjid 2001-yil 2-avgustdagi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 132-son qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritildi.

Keyingi yillarda koʻchki hodisalari va taʼmirlash ishlari olib borilmaganligi tufayli masjid yaroqsiz holatga kelib qolgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1866-yil
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.769398, 48.231406Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Majid afandi masjidi (uz.wikipedia.org), 10-avgust, 2026 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.