Hoji Shahlo masjidi

Alvin · CC BY-SA 4.0

Rəcəb Həsənbəyov · CC BY-SA 4.0

Unknown authorUnknown author · Public domain

Hoji Shahlo masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Şəhla məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahri Balaxoniy qishlogʻida joylashgan XIV asrga oid tarixiy masjid.

Tarixi

Hoji Shahlo masjidi 1385–1386-yillarda Balaxoniy qabristoni hududida, baland tepalikda qurilgan. Vaqt oʻtishi bilan yodgorlik vayron qilib yuborilgan. Biroq 2017-yilga kelib masjidda yana restavratsiya ishlari boshlab yuborilgan.

Masjidning kirish eshigiga quyidagicha yozuv tushirilgan boʻlgan: „Bu Hoji Shahlo ibn Shokir ibn Mustafo Koshkiyning qasridir. 787-yil (1385-1386)“.

Kirish eshigiga tushirilgan ushbu bitikdan tashqari eshikdan sal narida yana bir arab yozuvi ham mavjud boʻlgan. Bunda masjid ustalarining nomlari tilga olingan. Ikki qatorli ushbu yozuvda: „Bu ustoz Orif bin ustad Muso Jibalning ishidir“ deya qayd etilgan.

Ushbu yozuvlarda yodgorlik masjid emas, balki qasr deb atalgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1385-yil
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.463816, 49.920325Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Shahlo masjidi (uz.wikipedia.org), 8-fevral, 2025 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.