Buyuk shoʻr koʻl
Boʻyukshor (ozarbayjoncha: Böyük Şor gölü) — Ozarbayjondagi ikkinchi eng katta koʻl va Absheron yarim orolining eng yirik koʻli. U Absheron yarim orolining markazida, Boku shahrining Binagadi, Sabunchu va Narimanov tumanlari chegarasida joylashgan.
Umumiy tavsif
Geologik maʼlumotlarga koʻra, koʻl suvining oʻrtacha chuqurligi 3,40–3,95 metrni, maksimal chuqurligi esa 4,20 metrni tashkil qiladi. Qirgʻoq boʻyidagi chuqurlik 0,50 dan 1,70 metrgacha. Koʻl oval shaklda boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqiy qirgʻoqqa qadar uzunligi taxminan 10 km, maksimal kengligi esa 1,5–2,0 km. Koʻl asosan yer osti suvlari bilan toʻyinadi, unga hech qanday daryo quyilmaydi. Koʻl yuzasi 1300 gektar, hajmi esa 45 million m³ ni tashkil etadi.
Ekologiyasi
Koʻlning ekologik holati ogʻir ahvolda deb baholanadi. U atrofdagi korxonalarning chiqindilari bilan ifloslangan. Ekologiya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, koʻlga har kuni taxminan 18 ming m³ sanoat va kommunal chiqindilar tashlanadi. Ifloslanishning asosiy manbalaridan biri 1930-yillardagi neft qidiruvi va qazib olish jarayonidagi neft chiqindi suvlaridir. Koʻl yaqinidagi birinchi neft ombori 1866-yilda qurilgan.
2015-yildan boshlab koʻlni tozalash ishlari boshlandi. Ozarbayjon hukumati Boʻyukshor koʻlining sharqiy qismini tozalash ishlarini yakunladi. Kelajakda koʻlni toʻliq tozalab, uning atrofida dam olish maskanlari barpo etish rejalashtirilgan.
Koʻngilochar majmua qurilishi
2000-yillarda Boku maʼmurlari Boʻyukshor koʻli oʻrnida katta koʻngilochar majmua qurish rejasini tayyorladilar. Loyihaning birinchi bosqichida 128 gektar maydonni obodonlashtirish, u yerda bogʻlar, sport inshootlari va kurort zonalarini tashkil etish koʻzda tutilgan. Shuningdek, Ozarbayjon neft muzeyi, choy va vino muzeylarini qurish ham taklif qilingan. Koʻlning bir qismida toza sunʼiy koʻl saqlab qolinadi va u yerda qayiq sayrlari tashkil etiladi.
Qisqa ma’lumot
- Turi
- lago
- Dengiz sathidan
- 6 m
Faktlar Wikidata’dan olingan.
Teglar
Yaqin joylar
Manbalar
Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Buyuk shoʻr koʻl (uz.wikipedia.org), 21-fevral, 2026 holatiga ko‘ra
Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)
.jpg%3Fwidth%3D640&w=3840&q=75)



