Hoji Sultonali masjidi

Sefer azeri · CC BY-SA 4.0

Interfase · CC BY-SA 4.0

Interfase · CC BY-SA 3.0

Hoji Sultonali masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Sultanəli məscidi) – Ozarbayjonning Boku shahri, Yasamal tumani, Salatin Askerova koʻchasi, 75-uyda joylashgan mahalliy masjid.

Tarixi

Hoji Sultonali masjidi XX asr boshlarida meʼmor Zivarboy Ahmadboyev tomonidan 1904–1910-yillarda qurilgan. Yodgorlik qurilishiga hoji Sultonali homiylik qilgan boʻlib, Boku shahri, Nizomiy metro bekatidan uncha uzoq boʻlmagan joyda joylashgan. Masjid hududidan turk askarining qabri topilgan.

Hoji Sultonali masjidi ikki qavatdan iborat. Binoning yuqori qavati ayollar uchun, pastki – birinchi qavati esa erkaklar uchun moʻljallangan. Qurilish rejasida masjid kvadrat shaklida, gumbazli va minorali uslubda tasvirlangan. Hoji Sultonali masjidi dastlab minorasiz qurilgan boʻlib, Yevropa, Sharq va mahalliy arxitektura xususiyatlarini oʻz ichiga olgan.

2000-yil aprel oyida masjidda rekonstruksiya va restavratsiya ishlari boshlanib, 2001-yil oktyabr oyida yakunlangan va masjid toʻliq holda foydalanishga topshirilgan.

Qisqa ma’lumot

Turi
Masjid
Qurilgan
1904-yil
Me’moriy uslub
Shirvan-Absheron architectural school
Meros maqomi
cultural heritage monument in Azerbaijan

Faktlar Wikidata’dan olingan.

Yuklanmoqda...
Koordinatalar: 40.378809, 49.829594Google Maps'da ochish

Teglar

Yaqin joylar

Manbalar

Ushbu sahifadagi matn quyidagi maqoladan olingan: Hoji Sultonali masjidi (uz.wikipedia.org), 31-oktabr, 2023 holatiga ko‘ra

Matn CC BY-SA 4.0 litsenziyasi ostida tarqatiladi.